AQShda davlat tuzilmalariga Huawei va ZTE mahsulotlaridan foydalanish taqiqlandi

  •   Saroy
  •  665
  •  15.08.2018 10:07

AQShda davlat tuzilmalariga Huawei va ZTE mahsulotlaridan foydalanish taqiqlandi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2019 yilgi mamlakat mudofaa byudjeti haqidagi qonunni imzoladi. Unda, shuningdek Oq uy va boshqa davlat tuzilmalariga Xitoy ishlab chiqaruvchilarining uskunalaridan foydalanishni taqiqlash haqida ham aytib o‘tilgan. Mazkur taqiq rasman kelasi yil 13 avgustda kuchga kiradi.

Hujjatda keltirilishicha, taqiq ma’lumotlarni ko‘rish va uzatishda foydalaniladigan komponentlarga taalluqli bo‘ladi. Bular nafaqat smartfonlar,  planshetlar va kompyuterlar, balki telekommunikatsiya uskunalari, videokuzatuv vositalari va marshruzatorlar hamdir.  

«Qora ro‘yxatning» boshida Huawei va ZTE kompaniyalari turibdi, Oq uy shuningdek ushbu kompaniyalarning shu’ba korxonalariga ham taqiq qo‘yilganini e’lon qildi. Bular Hytera Communications Corporation, Hangzhou Hikvision Digital Technology Company va Dahua Technology Company kabilardir. Qolaversa, ro‘yxat Pentagon tomonidan Xitoy nazoratida deb hisoblangan istalgan kompaniyalar hisobiga to‘ldirilishi mumkin.

O‘QING:AQSh samoviy qurollanish poygasiga start bermoqda

Kelasi yildan boshlab, AQShning vazirliklari va turli muassasalari, shuningdek hukumat bilan sheriklikda ishlamoqchi bo‘lgan yoki allaqachon ishlayotgan boshqa tijorat tashkilotlari ham xitoylik hamkorlaridan telekommunikatsiya uskunalarini sotib ololmaydi. Endi ushbu kompaniyalar boshqa ta’minotchini qidirishga yoki uskunalarini almashtirishga majbur.

Taqiq ikki yil davomida davom etadi, keyin yana uzaytirilishi ham mumkin.

AQShda bir necha yildirki. Xitoy kompaniyalariga qarshi “tish qayrab” kelinadi, ularni Xitoy hukumati bilan hvmkorlikda ayblashmoqda. Masalan, davlat xavfsizligi nuqtai-nazaridan Huawei ham Amerika bozoriga kiritilmayapti. ZTE kompaniyasiga nisbatan esa 7 yillik sanksiya joriy qilindi. To‘g‘ri, keyinchalik unga nisbatan barcha taqiqlar bekor qilindi, ammo evaziga 1 milliard dollar jarimi qo‘llanilib, ishlab chiqarish jarayoni ustidan ham AQShning nazorati o‘rnatildi.

O‘QING:AQSh afsonaviy quroliga qaytadan jon bag‘ishladi