AQShdan keyin Angliya ham armiyaga geymerlarni jalb etyapti (+video)

  •   DiMaX
  •  1101
  •  05.01.2019 11:55

AQShdan keyin Angliya ham armiyaga geymerlarni jalb etyapti (+video)

O‘tgan yilning kuzida Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z armiyasi safiga kiber-o‘yinlar ishqibozlarini chorlay boshlagan edi. Endi xuddi shunday tajribani Buyuk Britaniya ham qo‘llamoqda.

O‘QING: Hazil emas: AQSh armiyasi urushda shilliqqurtdan foydalanmoqchi

Angliya armiyasining ma’muriyati geymerlarni Qurolli kuchlar safiga chaqiruvchi bir qator targ‘ibot plakatlari chiqardi. Ulardan asosiy maqsad – virtual o‘yinlar ishqibozlarini armiya saflariga jalb etishdir.

Shu bilan birga, YouTube tarmog‘iga bir nechta targ‘ibot videoroliklari joylangan.

«Armiyangiz sizga muhtoj» deb nomlangan ushbu targ‘ibot kampaniyasining maqsadi raqamli texnologiyalarga boshi bilan sho‘ng‘ib ketgan yosh avlodni harbiy bo‘lishga qiziqtirishdan iborat.

O‘QING: BOShLANDI: Gollandiya allaqachon Rossiyaga «kiber-urush» e’lon qildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!