AQShning maxfiy va g‘ayrioddiy «o‘q-samolyot»i ilk parvozini amalga oshirdi (+video)

  •   DiMaX
  •  908
  •  12.11.2019 15:53

AQShning maxfiy va g‘ayrioddiy «o‘q-samolyot»i ilk parvozini amalga oshirdi (+video)

Fan va texnologiyalar rivojidan birinchilar qatorida bahramand bo‘luvchi sohalardan biri aviatsiya, samolyotsozlikdir. Shu jumladan, harbiy samolyotlarni innovatsion yechimlar bilan boyitish – davlatlar e’tibor beradigan eng asosiy jihatlardan biridir.

O‘QING: Eksklyuziv video: AQSh prezidentining «Oxirzamon samolyoti»ni ichkaridan tomosha qilamiz!

AQShning Otto Aviation kompaniyasi tayyorlayotgan Celera 500L modeli, garchi fuqarolik samolyoti deyilayotgan bo‘lsa-da, mutlaqo maxfiy sharoitlarda ishlab chiqilmoqda. Uning asosiy tanasi – fyuzelyaji sigara yoki o‘q shaklida bo‘lib, qanotlari juda ulkan. «Qanotli o‘q» deya tavsiflanayotgan mazkur uchish apparati mazkur soha uchun odatiy bo‘lmagan dvigatel konfiguratsiyasiga ega. Buning ustiga, uning korpusi orqa qismida zamonaviy aviatsiyada juda kam qo‘llanadigan parrak – vint ham mavjud.

Otto Aviation ushbu samolyotini sinov bosqichiga olib chiqdi va birinchi parvozini videoga muhrladi:

Avvalroq tarqalgan gap-so‘zlarga qaraganda, mazkur «o‘q-samolyot» har qanday ob-havo sharoitida ucha oladi. Uning tezligi soatiga 820 kilometrga, parvoz balandligi esa 19,8 kilometrga yetadi. Celera 500L yo‘lning har 48-68 kilometri uchun taxminan 4 litr yonilg‘i sarflaydi; bu esa zamonaviy tijorat aviatransporti standartlaridagidan ko‘ra naq 10 baravarga kam, deganidir.

Otto Aviation tejamkor «qanotli o‘q»ning rasmiy taqdimot vaqti va narxini hozircha ma’lum qilmagan.

O‘QING: “Uchar tobutlar”: AQShda beshta eng yomon jangovar samolyotlar reytingi e’lon qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.