AQShning nufuzli nashri «smartfonlar qiroli»ni e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  3138
  •  07.10.2019 14:24

AQShning nufuzli nashri «smartfonlar qiroli»ni e’lon qildi!

Consumer Reports jurnali AQShning Iste’molchilar kengashiga qarashli bo‘lib, turli tovar va mahsulotlarning xolis reytinglarini e’lon qilib boradi. Reytinglarni tuzishda iste’molchilarning fikr-mulohazalari hamda nashrning ellikta laboratoriyasi va ilmiy markazlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asos qilib olinadi.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirqinchi hafta)

Ushbu jurnal hozirgi kundagi dolzarb flagman smartfonlarni tadqiq etib ko‘rdi va bu bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. Xullasi kalom, hozirda telefonlarning eng zo‘ri iPhone 11 Pro Max (sotib olish) ekan.

Test jarayonida mazkur smartfonning akkumulyatori quvvati 40,5 soat ishlashga yetdi, bu esa Apple’ning o‘tgan yilgi eng zo‘r flagmani – iPhone XS Max modelidan naq 29,5 soatga oshiq! Bu yilgi ayfonlardan iPhone 11 Pro batareyasining quvvati 34 soatga, iPhone 11 zaryadi esa 28 soatga yetarli ekan. Umuman olganda, Apple’ning bu yilgi barcha smartfonlari o‘zlarining oldingi «ajdod»lariga nisbatan avtonomlikda ustun bo‘lib chiqqan.

Consumer Reports hisobotida yana Apple A13 Bionic protsessorining afzalligi ham alohida ta’kidlab o‘tilgan. Har uchala yangi ayfon 2018 yilgi modellardan va hozirgacha chiqqan BARChA Android-flagmanlardan tezkorroq bo‘lib chiqdi! Ekspertlar fikricha, mazkur chipset, ayniqsa, 4K-video hamda o‘yinlar bilan ishlashda o‘z imkoniyatlarini yaqqol namoyon etadi.

O‘QING: Apple ikkita modeldagi iPhone’larni g‘irt tekinga ta’mirlab beryapti!

Shuningdek, iPhone 11 Pro Max hamda iPhone 11 modellari mustahkamlik sinoviga ham yaxshi dosh berishgan, o‘rtacha iPhone 11 Pro esa ulardan zaifroq chiqqan. Mutaxassislar e’tibor bergan yana bir jihat – kupertinoliklarning bu yilgi ikkita flagmani kamerasi chindan ham kuchli.

Apple yangi smartfonlarining Consumer Reports ta’kidlagan yagona kamchiligi – ularda 5G-modemning yo‘qligi bo‘lgan. Hozirda aksariyat smartfonsozlar beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i bo‘yicha poyga o‘ynayotgan paytda, kupertinolik negadir shoshilmayapti.

Yana bir jihatni ta’kidlash o‘rinli: iPhone 11 Pro Max modeli keyingi yillarda Consumer Reports reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritgan birinchi Apple smartfonidir. O‘tgan yilgi iPhone XS (xarid qilish) modellari esa Samsung Galaxy Note 9 (sotib olish) flagmaniga mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, aksariyat Apple smartfonlarini 3 560 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: iPhone sotishdagi eng keng tarqalgan aldovlar va ularga aldanmaslik yo‘llari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!