Artel monopoliyasiga Navoiyda chiqadigan yangi smartfon barham beradimi?

  •   DiMaX
  •  3005
  •  16.12.2020 12:02

Artel monopoliyasiga Navoiyda chiqadigan yangi smartfon barham beradimi?

Navoiyda «Telekom Devices PRO» MChJ milliy ruhda dasturlashtirilgan «O‘zbekiston» smartfonlarini ishlab chiqardi. Bu xususda ROST24 nashri xabar bermoqda.

O‘QING: UZTELECOM internetni naq ikki barobarga arzonlashtirmoqda!

«O‘zbekiston» smartfoniga hatto O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari ham yuklangan. Shuningdek, smartfonga klassik va zamonaviy o‘zbek adabiyotining nodir namunalari jamlanmasi, radioinssenerovkalar, yuzdan ortiq o‘zbek kuy va qo‘shiqlari, shuningdek, yurtimizning eng diqqatga sazovor go‘shalari tasviri tushirilgan foto-albomlar yuklangan.

Bundan tashqari, «O‘zbekiston» smartfoniga «Hukumat» dasturi ham kiritilgan bo‘lib, dasturga barcha vazirliklar, to‘rt hokimiyat tizimi ishonch telefonlari joylashtirilgan. Telefon raqamlar o‘zgarishi bilan bog‘liq hollarda dastur avtomatik tarzda yangi raqamlarni kiritish xususiyatiga ham ega.

Ekran foni uchun yurtimiz tabiatiga oid suratlar jamlanmasi joylashtirilgan bo‘lsa, chaqiruv qo‘ng‘iroqlari va uyg‘otuvchi ohanglar uchun ham o‘zbek musiqa san’ati namunalaridan foydalanilgan.

Yaqin kunlargacha O‘zbekiston milliy smartfonlar bozorida Artel yagona ishlab chiqaruvchi edi.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyot bo‘ling: 89 mln so‘mgacha jarima to‘lashingiz mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!