Arzon flagman – Xiaomi Mi 11 Lite’ni ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1841
  •  23.02.2021 14:30

Arzon flagman – Xiaomi Mi 11 Lite’ni ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

«Xitoycha Apple» yaqinda Xiaomi Mi 11 modelining xalqaro bozorga mo‘ljallangan versiyasini namoyish qildi. O‘sha tadbirda Xiaomi Mi 11 Pro va hattoki Mi 11 Pro+ flagmanlarining ham namoyishi kutilayotgan edi, lekin unday bo‘lmadi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan...

O‘QING: Umuman kutilmagan Xiaomi Mi 11 Ultra ilk «jonli» video va suratlarda: 120x kamera, qo‘shimcha ekran...

Ushbu turkumda ilg‘or modellardan tashqari, flagmanlarning «yengillashtirilgan» versiyasi – Xiaomi Mi 11 Lite ham chiqadi. Avvalroq u AQShning Federal aloqa komissiyasi (Federal Communications Commission, qisqartmasi – FCC) ma’lumotlar bazasida «ko‘rinish bergan» edi.

Endi bo‘lsa Slashleaks resursi ushbu arzon hamyonbop smartfonning birinchi «jonli» suratlarini e’lon qildi. Tashqi qiyofasi jihatidan u standart talqindagi Xiaomi Mi 11 modelidan farq qilmas ekan. Ayniqsa orqa tarafidan qaralganda o‘xshashlik yaqqol seziladi, old panelidagi asosiy farq esa Mi 11 Lite tekis (chetlari qyrilmagan) displeyga ega ekanligidadir.

Xiaomi Mi 11 Lite modelining «elektron yuragi» sifatida Snapdragon 720 yoki Snapdragon 732G protsessori xizmat qiladi. Kompaniya uni 6 gigabaytlik tezkor hamda 64/128 gigabaytlik doimiy xotira bilan taklif etadi.

«Yengil» flagmanning bosh kamerasida 64 + 8 + 5 megapiksellik datchiklar qo‘llanishi kutilmoqda. Xiaomi unda kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik bo‘lgan OLED-ekran qo‘llashi aytilmoqda.

O‘QING: Redmi K40 hamda K40 Pro sotuvga chiqdi: narxlari, «jonli» surat va yangi jihatlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!