Arzon Galaxy A03s smartfoni Geekbench’da test topshirdi

  •   DiMaX
  •  1034
  •  06.07.2021 13:03

Arzon Galaxy A03s smartfoni Geekbench’da test topshirdi

Esingizda bo‘lsa, janubiy koreyalik korporatsiya o‘tgan yil noyabrning so‘ngida Galaxy A02s smartfonini taqdim etib, sotuvga chiqargan edi. Samsung endi uning izdoshi – Galaxy A03s modelini taqdimotga tayyorlamoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy A02s/M02s'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Ommabop benchmark – Geekbench servisida allaqachon Samsung Galaxy A03s tekshirib ham ko‘rildi. Mazkur smartfon SM-A037F kodli nomga ega bo‘lib, Android 11 operatsion tizimiga ega.

Ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlarga ko‘ra, bu smartfon MediaTek Helio G35 protsessoriga tayanadi. Mazkur chipset 2,3 GGs.gacha takt chastotasida ishlovchi sakkizta Cortex-A53 yadrosini, IMG PowerVR GE8320 grafik tezlatgichini hamda 4G/LTE standartidagi uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llovchi modemni o‘z ichiga olgan.

Galaxy A03s tezkor xotirasi 4 gigabaytlik hajmga ega. Smartfon korpusida yon qirraga o‘rnatilgan daktiloskopik skaner, 3,5 millimetrlik standart quloqchin tirqishi hamda USB Type-C porti mavjud.

Ushbu devays 6,5 dyuymlik displeyga va uning kemtigida joylashgan 5 megapiksellik selfi-kameraga ega. Uch modulli bosh kamerada asosiy sensor 13 megapiksellik bo‘lsa, qolgan ikkitasi 2 MPlik datchiklardir.

Samsung ushbu mahsulotini yaqin orada taqdim etishi va arzon narxda sotuvga chiqarishi kutilmoqda.

O‘QING: Gigant akkumulyatorli Galaxy M52 5G benchmarkda: hamyonbop smartfonda Snapdragon 888 flagmani?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!