Arzon Galaxy M20 endi qimmat narxda sotuvga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2950
  •  14.03.2019 10:06

Arzon Galaxy M20 endi qimmat narxda sotuvga chiqdi!

Samsung kompaniyasi yangi turkumidagi Galaxy M20 smartfonini yanvarning boshida Hindistonda taqdim etgandi. Galaxy M turkumi vakillari dastlab Hindiston, Filippin va Indoneziyada sotila boshlagan, ammo raqiblarining masxarasiga ham duchor bo‘lgan.

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 7 reklamasida Galaxy M10 va M20’ni masxara qildi

Endi esa Samsung Galaxy M20 modeli Yevropaga ham yetib keldi – ko‘hna qit’ada uni dastlab Italiya va Ispaniyada sotuvga chiqarishdi. Ammo narx masalasiga kelganda...

Galaxy M20 smartfoni Osiyo mamlakatlarida ikki xil hajmli xotiraga ega konfiguratsiyalarda taklif etilgan edi: 3/32 GB xotirali – 153 dollar, 4/64 GB xotirali – 180 dollar narxida. Yevropada esa uni faqat 4/64 GB hajmli tezkor/ichki xotiraga ega variantda savdoga qo‘yishgan. Uniyam hamyonbop deb bo‘lmaydi – naq 223 yevroga narxlangan, bu esa 258 AQSh dollariga teng keladi!

Aytish kerakki, Galaxy M turkumidagi modellar hozircha O‘zbekiston bozorlariga kirib kelgani yo‘q. Lekin turli modellardagi Samsung telefonlarini 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud. Bundan tashqari, mazkur internet-do‘kondan tovar xarid qilsangiz, shu kunlarda amalda bo‘lgan «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!