Arzon narxdagi A52 va A72 modellari taqdim etildi

Arzon narxdagi A52 va A72 modellari taqdim etildi

Xitoyning ZTE kompaniyasi kecha Malayziyada bo‘lib o‘tgan taqdimotda Blade A52 va A72 modellarini naqdim etdi. Ikki smartfon Unisoc chipi, katta hajmli akkumulyator va 13MP asosiy kameraga ega. 

Blade A72 modeli 90 gerts chastotada ishlovchi HD+ rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli LCD displey, A52 esa 60 gerts chastotada ishlovchi HD+ rezolyutsiyada 6.5 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlangan. Ikki smartfonning ekranida tomchisimon shakldagi 5MP selfi kamera joylashgan. 

Smartfonlarning orqa panelidan 13MP asosiy kamera va ikkita 2MP qo‘shimcha kameralar o‘rin olgan. Shuningdek, ular bir turdagi Unisoc SC9863A chipidan ishlaydi. Ikki qurilmaning doimiy xotira sig‘imi 64GB ni tashkil qiladi. Blade A72 modeli 3GB, A52 esa 2GB tezkor xotiraga ega. Doimiy xotirani esa microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. 

Smartfonlar Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MiFovor 11 grafik qobig‘ida ishlaydi. Blade A72 qurilmasi 6,000 mAs, A52 esa 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Qurilmalarning narxi quyidagicha: 

ZTE Blade A72 - 114 dollar

ZTE Blade A52 - 91 dollar 

O‘QING: Xitoyda "xunuk" iPhone 13 sotuvga chiqarildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!