Arzon noutbuk va planshetlarga mo‘ljallangan yangi operatsion tizimni ilk yirik videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  628
  •  15.01.2021 15:32

Arzon noutbuk va planshetlarga mo‘ljallangan yangi operatsion tizimni ilk yirik videoda ko‘ramiz!

Bill Geyts korporatsiyasi 2019 yili o‘zining qo‘sh ekranli gadjetlarga mo‘ljallangan Windows 10X operatsion tizimini e’lon qilgan edi. Bultur esa Microsoft yo‘nalishni o‘zgartirib, bu tizim bitta displeyli devayslarga mo‘ljallanishini aytdi.

O‘QING: Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»

Windows 10X shu yilning oxirida taqdim etiladigan ayrim qurilmalarda oldindan o‘rnatilgan holda chiqishi kutilmoqda. Hali rasmiy relizi bo‘lib o‘tmagan esa-da, uning deyarli tayyor bo‘lgan jamlanmasi allaqachon internetga chiqqan. Windows Central nashri bo‘lsa uning qanday ishlashini ko‘rsatuvchi birinchi yirik videoni taqdim qildi.

Windows 10X talqinida interfeys yangilangan, ayniqsa, unda topshiriqlar panelining yangi interfeysi ajoyib chiqqan. «Pusk» menyusi esa to‘liq qayta ishlab chiqilgan. Bu tizimda barcha ilovalar to‘liq ekran rejimida ishga tushadi, fayllar menejeri esa juda soddalashtirilgan.

Ta’kidlash kerakki, Windows 10X – desktop kompyuterlarda Windows 10 talqini o‘rniga keluvchi yangi avlod tizim versiyasi emas. Bu dasturiy ta’minot arzon noutbuklar va planshetlarga o‘rnatishga mo‘ljallangan, «taroshlangan» operatsion tizimdir.

Ushbu versiyaning eng katta muammosi – u eskirgan Windows ilovalarini qo‘llab-quvvatlamaydi, ya’ni foydalanuvchi faqat Microsoft Store’dagi dasturlar hamda veb-ilovalar bilan cheklanishga majbur bo‘ladi.

O‘QING: Barcha Android-smartfonlar sohiblariga Microsoft’dan xushxabar bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!