Arzon o‘yin konsoli – Xbox Series S namoyish etildi (+video)

  •   DiMaX
  •  887
  •  08.09.2020 15:57

Arzon o‘yin konsoli – Xbox Series S namoyish etildi (+video)

Microsoft korporatsiyasi bultur dekabrda Xbox Series X rusumli o‘yin pristavkasini taqdim etgan edi. Uning shakli sababli kompaniya kulgiga qolgan; biz mazkur mavzudagi videolar va memlarni e’lon qilganmiz.

O‘QING: PlayStation 5 allaqachon Xbox Series X ustidan ilk g‘alabasini qozondi

Microsoft endi o‘zining yana bir – Xbox Series S rusumli o‘yin konsolini rasman namoyish qildi. Kompaniya uning uchun 300 AQSh dollari miqdorida narx belgilagan.

Garchi ishlab chiqaruvchining o‘zi Xbox Series S qachon sotuvga chiqishi va texnik xususiyatlarini batafsil aytmagan bo‘lsa-da, WalkingCat nikli insayder uning Xbox Series X bilan taqqoslab ko‘rsatilgan videosini chiqardi:

Aytish kerakki, yangi gadjet 500 dollarlik to‘laqonli o‘yin pristavkasidan – Xbox Series X modelidan ixchamroq ham. Shuningdek, logotipining joylashuviga qaraganda, Xbox Series S modeli gorizontal holatda qo‘yib ishlatiladi.

Microsoft arzon pristavkasini diskovoddan mahrum etgan, ammo bu yagona farq emas. The Verge nashrining yozishicha, Series S quvvati taxminan 4 teraflops keladi; hatto ancha oldingi Xbox One X modelida ham bu ko‘rsatkich 6 teraflopsga teng. Shunga qaramasdan, SSD-chiplari qo‘llanganligi va Series X protsessori evaziga uning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Umuman olganda, bu konsolda ham yangi avlod o‘yinlarini o‘ynash mumkin, faqat 4K formati bo‘lmaydi.

O‘QING: PlayStation 5 hamda aksessuarlarining barcha bozorlarga chiqish sanalari va narxlari e’lon qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!