Arzon smartfonlar egalariga Google’dan xushxabar bor (+video)

  •   DiMaX
  •  1485
  •  19.12.2020 09:57

Arzon smartfonlar egalariga Google’dan xushxabar bor (+video)

Qidiruv giganti texnik xususiyatlari pastroq bo‘lgan arzon smartfonlar uchun Google Camera Go ilovasini chiqargan. Shu yilning oktyabrida unga tungi rejim qo‘shilgan edi, endi esa ilova yana bir foydali funksiya bilan boyitildi.

O‘QING: Google tarjimoni faqat Putinni prezident deb hisoblayapti!

Google Camera Go ilovasining yangi talqini HDR rejimini ham qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi. Mazkur funksiya kompaniyaning o‘z algoritmlari asosida ishlaydi. Uning yordamida endi arzon smartfonlarda ham har qanday sharoitlarda yaxshilangan dinamik diapazonli surat olish mumkin:

HDR rejimli Google Camera Go ilovasi turli hududlar va qurilmalarga bosqichma-bosqich tarqatiladi. U birinchi navbatda Nokia 1.3, Wiko Y61 va Wiko Y81 modellariga, qolgan smartfonlarga esa keyinroq yetib keladi.

Lekin bu ilovani Android 8.0 Oreo va undan keyingi operatsion tizimli istalgan bir telefonga mana bu yerdan yuklab olib o‘rnatsa ham bo‘ladi. Biroq bu holatda, smartfon modeliga bog‘liq holda, dasturning ba’zi funksiyalari ishlamasligi mumkin.

O‘QING: Android-smartfon kamerasidan 100 foiz foydalanishning 10 ta usuli

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.