Arzon versiyadagi Apple Watch ham tayyor: uning standart modeldan farqi qanaqa?

  •   DiMaX
  •  658
  •  12.09.2020 10:52

Arzon versiyadagi Apple Watch ham tayyor: uning standart modeldan farqi qanaqa?

Apple korporatsiyasi 15 sentyabr kuni, Apple Park kampusida kuzgi taqdimot marosimini o‘tkazishini e’lon qilgan edi. Kompaniya muxlislari unda iPhone 12 smartfonlarini kutishayotgan edi, ammo...

O‘QING: 15 sentyabrda iPhone 12’larni kutib xomtama bo‘lmang!

15 sentyabrda namoyish qilinadigan devayslardan biri korporatsiya smartvochlari – Apple Watch modellarining arzonlashtirilgan versiyasi bo‘lishi mumkin. Buni tasdiqlagan mashhur insayder Jon Prosser (Jon Prosser) yangi gadjetning ayrim xususiyatlarini ham e’lon qildi.

Unga ko‘ra, arzonlashtirilgan aqlli soat o‘z dizayniga ko‘ra kompaniyaning Apple Watch Series 4 modeliga o‘xshab ketadi. Apple uni o‘lchamiga ko‘ra ikki xil – 40 millimetrlik va 44 millimetrlik versiyalarda taqdim etadi.

Ushbu smart-soatning standart modellardan farqi – unda EKG datchigi hamda Always on Display funksiyasi bo‘lmaydi. Arzon smartvochning harakat protsessori Apple M9 bilan ham ta’minlanishi aytilmoqda.

Yangi qurilmaning nomi ham, narxi ham hozircha aniq emas, faqat 15 sentyabrdagi onlayn taqdimotda namoyish etilishi aytilgan, xolos.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi