Arzon versiyadagi Galaxy A22 namoyishdan oldin Rossiyadagi rasmiy Samsung saytiga chiqdi

  •   DiMaX
  •  760
  •  02.06.2021 09:56

Arzon versiyadagi Galaxy A22 namoyishdan oldin Rossiyadagi rasmiy Samsung saytiga chiqdi

Hozir beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi eng arzon Samsung telefoni Galaxy A32 5G bo‘lib turibdi. Lekin kompaniya Galaxy A22 (yoki Galaxy A22 5G) rusumli smartfonni, shuningdek uning yanada arzon Galaxy A22 4G versiyasini ham tayyorlamoqda. Yaqinda esa...

O‘QING: Samsung taqdim etib ulgurmagan eng arzon 5G-smartfon allaqachon narxi bilan do‘konga chiqdi

Samsung kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy saytida Galaxy A22 4G smartfonining (model raqami – A-225F/DSN) qo‘llab-quvvatlash sahifasi paydo bo‘ldi. Bungacha u Geekbench ma’lumotlar bazasida, shuningdek, FCC, NBTC hamda Indonesia Telecom regulyatorlari saytlarida «ko‘rinish bergan» edi.

Hoziirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy A22 4G eng so‘nggi – Android 11 operatsion tizimi bazasida, 6 GBlik tezkor xotira bilan ishlaydi. Smartfonning «elektron yuragi» esa MediaTek Helio G80 protsessori bo‘ladi.

Samsung ushbu 4G-smartfonini diagonaliga 6,4 dyuymlik AMOLED-ekran bilan chiqaryapti. Kadr yangilanish chastotasi 60 gerslik displeydagi tirqishga 13 megapiksellik old kamera o‘rnatiladi. Qurilmaning bosh kamerasida asosiy sensor 48 megapiksellik bo‘lishini, 5000 mA/soatlik akkumulyatori esa 15 vattlik usulda quvvat olishini aytishmoqda.

O‘QING: Galaxy A22 5G hamda Galaxy A22 4G suratlari va xususiyatlari chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!