Arzonlashtirilgan flagman – Galaxy S20 FE ikki xil versiyada Samsung saytiga chiqdi (+rasmiy surat)

  •   DiMaX
  •  1138
  •  29.08.2020 11:24

Arzonlashtirilgan flagman – Galaxy S20 FE ikki xil versiyada Samsung saytiga chiqdi (+rasmiy surat)

Ko‘pchilik kutayotgan Galaxy S20 Lite smartfonini Samsung kompaniyasi boshqacharoq – Galaxy S20 Fan Edition (Galaxy S20 FE) nomi ostida chiqarishi kutilmoqda. Shuningdek, uning yanada arzon – 5G tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyasi ham bo‘lishi aytilgan edi.

O‘QING: Galaxy S20 seriyasidagi arzon flagman chiqmay turib hafsalani pir qildi

Endi ishlab chiqaruvchining o‘zi ushbu arzonlashtirilgan flagmanini ikki xil versiyada chiqarishini tasdiqladi. Garchi namoyish sanasi aniq bo‘lmasa-da, rasmiy saytning Samsung Bulgaria bo‘limida allaqachon Galaxy S20 Fan Edition paydo bo‘ldi.

Samsung saytida hali bu model uchun alohida sahifa ochilmagan esa-da, bu smartfon YouTube Premium reklama aksiyasi tavsifida tilga olingan. Natijada biz uning aniq nomi Galaxy S20 Fan Edition ekanligini, shuningdek, ikki xil – 4G hamda 5G-versiyada chiqishini bilib oldik.

O‘QING: O‘g‘irlangan Samsung smartfonlarini endi internetga ulanmagan bo‘lsa ham topa olasiz!

Bundan tashqari, insayderlar Galaxy S20 FE modelining barcha rang variantlri aks etgan rasmiy suratni ham internetda tarqatib yuborishgan:

Hozirgacha sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S20 FE plastik korpus, 4500 mA/soatlik akkumulyator, Qualcomm Snapdragon 865 yoki Exynos 990 protsessori biln chiqadi. Uning AMOLED-matritsali displeyi 6,4–6,7 dyuymlik bo‘lib, 120 gerslik chastotada yangilanadi. Uchtalik bosh kamerasining asosiy moduli – 12 megapiksellik Sony IMX555 bo‘lib, uch karra optik zumga ega.

O‘QING: Yangi rekordchi – Galaxy M51 xususiyatlari tasdiqlanib, allaqachon o‘zi do‘konga ham chiqdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!