“Arzonning shurvasi tatimas”: foydalanuvchilar Pocophone F1 ekranidan shikoyat qilishmoqda

  •   Saroy
  •  1509
  •  14.09.2018 12:38

“Arzonning shurvasi tatimas”: foydalanuvchilar Pocophone F1 ekranidan shikoyat qilishmoqda

Pocophone F1, shubhasiz bozordagi eng arzon flagman hisoblanadi,  chipi ham flagmancha –  Snapdragon 845. Xiaomi yangi qurilmani yanada arzon qilish uchun ko‘p “qurbonliklar” berishga to‘g‘ri keldi. “Arzonning shurvasi tatimas”, deganlaridek, mana endi arzon gadjetning ilk  kamchiligi ham o‘zini uzoq kuttirmadi.

O‘QING:Xushxabar: Xiaomi Pocophone F1 yetib keldi, Terashop.uz’dan xarid qiling!

Paydo bo‘lgan muammo ekran bilan bog‘liq, XDA-Developers portalida bir nechta foydalanuvchining  shikoyati bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ldi. Ular qurilma romining pastki qismida yoqimsiz yorug‘likni payqashgan. Dasturiy yechim bilan bu muammoni hal etib bo‘lmaydi, albatta.

Bundan tashqari, bundan avval  Pocophone F1  foydalanuvchilari  Asphalt 9 va PUBG Mobile o‘yinlari bilan bog‘liq muammolardan, YouTube’ning landshaft rejimi ishlashidan va POCO Launcher’ning turli interfeys elementlarini aks ettirishidagi xatolaridan shikoyat qilishgan edi. Hozirga kelib ishlab chiqaruvchi ushbu muammolarning ayrimlarini hal etgan. Shuningdek, xabarda qurilmaning Netflix, Hulu va Amazon’da HD-videoni qo‘llab quvvatlamasligi haqida ham aytib o‘tilgan.

O‘QING:Pocophone F1 xaridorlari uchun Xiaomi’dan xushxabar bor!