Arzonroq Note10 chiqyapti

Arzonroq Note10 chiqyapti

Koreys kompaniyasi Galaxy Note10 smartfonining arzonroq talqini ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu gadjet SM-N770F model raqamiga ega bo‘lib, SamMobile sayti insayderlari tomonidan xabari berilgan edi va aytilishicha, Yevropada qizil va qora ranglarda sotuvga chiqariladi. Afsuski, hozircha bizda smartfonning aniq tafsilotlari va narxi haqida ma’lumot yo‘q.

Samsung bundan oldin 2014-yilda Note seriyasida arzonroq — Note 3 Neo smartfonini chiqargan edi. Lekin 900 dollardan boshlanuvchi narxi bilan Note10 oilasi vakillari, shubhasiz, arzon narxli gadjet emas. Hamyonboproq talqini chiqarilsa, albatta, ko‘pchilik Note10 sotib ola oladi.

O‘QING: Barcha modellardagi iPhone 11’larning mustahkamligini o‘zaro hamda Galaxy Note 10+ bilan solishtiramiz! (uchta drop-test videosi)