Aslidan farqlab bo‘lmaydigan AirPods Pro klonini atigi 16 dollarga oling!

  •   DiMaX
  •  1399
  •  27.05.2020 18:44

Aslidan farqlab bo‘lmaydigan AirPods Pro klonini atigi 16 dollarga oling!

Xitoyliklar yaratgan arzon klonni iPhone’lar original AirPods Pro sifatida qabul qilayotganini yozgandik. Endi esa AliExpress onlayn savdo platformasida originalidan farq qilmaydigan, lekin yanada arzon quloqchin sotila boshladi.

O‘QING: Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

Nomi ham mavjud bo‘lmagan ushbu simsiz quloqchinga qarab, uni AirPods Pro’dan farqlash mushkul.

G‘ilofni ochish bilan u smartfonga tezkor ulanadi va 10 metrgacha uzoqlikdan ishlay oladi.

AirPods Pro klonining har biri 4 gramm keladi. Mazkur aksessuar smartfon bilan Bluetooth 5.0 orqali bog‘lanadi va suhbat chog‘ida shovqinni to‘sish xususiyatiga ega.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, qurilma bitta to‘la quvvat bilan 4 soatgacha ishlay oladi, keys esa bu ko‘rsatkichni 12 soatga yetkazadi.

Yanayam qizig‘i – soxta  AirPods Pro sensor boshqaruvga hamda suvdan himoyaga ega!

AirPods Pro kloni xuddi originalidek iOS-qurilmalarga ulanganida oyna qalqib chiqadi. Quvvatlash uchun unda Lightning porti ham borligini aytmaysizmi!?.

Xullasi kalom, AliExpress do‘konidan uni mana bu havola orqali atigi 15.60 dollarga sotib olish mumkin.

O‘QING: Koronavirus tufayli AliExpress xaridorlarni ogohlantirmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.