Assassin’s Creed: Rebellion o‘yini Android va iOS uchun bepul taqdim etildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  2334
  •  21.11.2018 12:30

Assassin’s Creed: Rebellion o‘yini Android va iOS uchun bepul taqdim etildi! (+video)

Ubisoft kompaniyasi Assassin’s Creed o‘yinining mobil platformalarga mo‘ljallangan yangi talqinini chiqardi. Yangi versiya «Rebellion» – «Qo‘zg‘olon» nomini olgan.

O‘QING: Assassin’s Creed Odyssey rasman taqdim etildi: Qadim Yunon yurtiga jangga otlanamiz! (+video)

Assassin’s Creed: Rebellion o‘yinida geymerlar endi qilichlarini qinlariga solib qo‘yishlariga to‘g‘ri keladi. Jang qilish o‘rniga ular mazkur birodarlik jamoatini boshqarishlari kerak bo‘ladi. O‘yinchilar harbiy bazalar uchun qo‘shimchalar qurishadi, yangi assasinlar yollashadi, ularni mashq qildirib, topshiriqlarni bajarishga jo‘natishadi.

O‘yin ishlab chiquvchilarining va’da qilishlaricha, boshlanishiga unda 40 nafar personaj bo‘ladi. Ular orasida ushbu turkumning boshqa o‘yinlarida mashhur bo‘lganlar ham, faqat Rebellion’dagina mavjud assasinlar ham bor.

O‘QING: Crackdown 3 o‘yini: barchasini vayron qil!

Ubisoft vakillarining ta’kidlashicha, Assassin’s Creed: Rebellion voqealari 15-asr Ispaniyasida yuz beradi. Mana, uning treylerini tomosha qilamiz:

Assassin’s Creed: Rebellion o‘yini Android hamda iOS platformali mobil qurilmalar uchun bepul taqdim qilinadi, ammo dastur ichida xaridlar bo‘lishi kutilmoqda. O‘yinni mana bu havola orqali yuklab olish mumkin.

Darvoqe, saytimizda aynan o‘yinlarga moslab ishlab chiqarilgan kuchli smartfon – Xiaomi Black Shark modelining batafsil tavsifi bilan tanishish, 6/64 gigabaytlik xotiraga va global proshivkaga ega bu geymerofonni Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 849 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Fortnite, Minecraft va yana uchtasi: eng zo‘r o‘yinlar endi smartfonlarda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!