Asus Apple'ni masxara qilgani uchun qoralandi

Asus Apple'ni masxara qilgani uchun qoralandi

Apple korporatsiyasi 2017 yilning kuzida iPhone X flagmanini taqdim qilganida ko‘pchilik kompaniyalar yangi smartfon modelining old panelidagi o‘yiqni ko‘rib "Olma"ning kuni bitganini bashorat qilishgan edi.

Biroq, ko‘p o‘tmasdan yangi ayfon muvaffaqiyatidan ilhom olgan ayrim smartfon ishlab chiqaruvchilari aynan iPhone X modeliga o‘xshash devays yaratishga kirishib ketdilar.

Shulardan biri ASUS brendi bo‘lib, kuni kecha iPhone X smartfoniga bir tomchi suvdek o‘xshab ketadigan ZenFone 5 modelini taqdim qildi. Bu gadjet old panelida ham o‘yig‘i va unda kamera mavjud.

Asus Apple'ning "bayroqdori"dagi o‘yiq ancha beso‘naqay ekanini, yangi smartfonining old panelidagi o‘yiq ancha ixchamligini aytib maqtandi.

Xususan, ZenFone 5 taqdimoti chog‘ida namoyish qilingan maxsus rolikda Asus uning devaysidagi o‘yiqning iPhone X'nikidan 26% ga kichikroqligini, natijada uning smartfonidagi displey maydoni 4% ga kattalashganini e’lon qildi.

Ekspertlarning fikricha, IT-sanoatda nufuzga ega Asus kompaniyasining iPhone X dizaynini ochiqchasiga o‘g‘irlashi, ustiga-ustak Apple'ni masxaralashi uning obro‘-e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.