Asus ExpertBook B1 - samaradorlik uchun ajoyib noutbuk

Asus ExpertBook B1 - samaradorlik uchun ajoyib noutbuk

Asus ExpertBook B1 yuqori unumdorlik va chidamlilik, shuningdek, samaradorlikni oshiruvchi funksiyalarni o‘zida mujassam etgan bizness klass noutbuki hisoblanadi.

U yuqori tezlikdagi Wi-Fi 6 simsiz modulini o‘z ichiga olgan to‘liq interfeyslar to‘plami bilan jihozlangan, shuningdek, u ovozli aloqa paytida aloqa sifatini yaxshilash uchun smart shovqinni kamaytirish funksiyasiga ega. ExpertBook B1 - samarali ish uchun zamonaviy yechim.

Yuqori unumdorlik

ExpertBook B1 noutbuki 11-avlod Intel Core protsessori hamda 48GB gacha bo‘lgan xotiraga ega Nvidia GeForce video kartasi bilan jihozlangan. Bunday texnik ko‘rsatkichlar bilan qiyin vazifalarni osongina bajarish mumkin. Simsiz tarmoqlarga ulanish uchun noutbukda eng so‘nggi Wi-Fi 6 moduli bilan eksklyuziv Wi-Fi Master texnologiyasi mavjud bo‘lib, u avtomatik ravishda mavjud bo‘lgan eng yaxshi Wi-Fi nuqtasini tanlaydi.

Yuqori tezlik va katta hajm

Ma’lumotlarni saqlash uchun ExpertBook noutbukida ikkita drayver bor: biri yuqori tezlikni ta’minlovchi 1TB disk bo‘lsa, ikkinchisi 2TB xotirali qattiq disk. Doimiy va tezkor xotirani almashtirish uchun noutbukning pastki qismidagi bir necha vinlarni bo‘shatish kerak bo‘ladi. Shunday qilib, foydalanuvchi ushbu komponentlarni butun noutbukni demontaj qilmasdan yangilashi yoki almashtirishi mumkin.

Intelektual yechim

Asus Smart Operation Technology yuqori samarali sovutish tizimi va energiyani tejovchi xususiyatlar bilan birlashtirildi. Eksklyuziv besh datchikli algoritmlar, aqlli ventilyasiya va 90 vattli quvvlash texnologiyasi hammasi birlashtirilib, protsessor unumdorligini oshirish bilan bir qatorda undagi shovqinini kamaytiradi. 

Ixcham va yengil

Noutbukning og‘irligi 1.75 kilogrammni tashkil qiladi. Uning korpusi juda ingichka. Demak, noutbukni olib yurish qiyinchilik tug‘dirmaydi. 

Yupqa ramkali displey

NanoEdge displeyning ramkalari juda yupqa, shuning uchun ko‘zlar tasvirdan kamroq chalg‘iydi. Ekran old panelning 90% ni egallaydi.

Sun’iy intellekt yordamida shovqinni bartaraf qiling

Ko‘proq odamlar videoqo‘ng‘iroqlardan foydalanayotgani sababli, Asus aqlli shovqinni kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqdi. MyAsus ilovasida bu uchun ikkita rejimdan birini tanlash mumkin. Single-Presenter rejimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri noutbuk oldidagi odamning ovozi begona shovqinlardan «tozalanaydi», Multi-presenter rejimida esa ovoz turli yo‘nalishdan keladi, bu guruh konferensiya qo‘ng‘iroqlari vaqtida foydali bo‘ladi. Speaker funksiyasi ham shovqinni xuddi shunday usulda bartaraf etib, audio oqimidan ovozni ajratib oladi. Shunda foydalanuvchi o‘z suhbatdoshini ovozini tiniq eshita oladi. 

Qo‘shimcha jihozlarni ulash imkoniyati

Biznes noutbuklari barcha turdagi qo‘shimcha jihozlarni ulash imkonini beruvchi bir necha portlarga ega bo‘lishi juda muhimdir. ExpertBook B1 modelida Thunderbolt 4, ikkita USB 3.2 Gen2 va bitta USB 2.0, HDMI 2.0, Ethernet portlari va microSD uyasi mavjud. 

Ish uchun qulay noutbuk

ExpertBook B1 noutbuki ish joyingizni tartibli bo‘lishiga yordam beradi. Thunderbolt 4 va HDMI 2.0 portlari bilan noutbukni ikkita 4K ekranli monitorga ulash mumkin. Noutbuk ekrani spektrining ko‘k komponentida radiatsiya darajasining pastligi sabab noutbukdan uzoq vaqt foydalanganda insonning ko‘zlari shikastlanmaydi. Bu TÜV Rheinland sertifikati bilan tasdiqlangan.

Barcha amallarni tez bajarish imkoniyati 

Asus ExpertBook B1 noutbukidagi Wi-Fi 6 simsiz moduli ma’lumotlarni 2.4 Gbit/s tezlikda uzatishga qodir, bu har qanday vazifani tez bajarishga imkon beradi. Shu bilan birga, eksklyuziv Wi-Fi Master texnologiyasi avtomatik ravishda eng yaxshi Wi-Fi ulanish nuqtasini tanlab, qayerda bo‘lsangiz ham ishonchli va barqaror aloqa bilan ta’minlaydi.

Ma’lumotlarni himoyalash va maxfiylik

Biznesda eng muhim narsa ma’lumot hisoblanadi. Shuning uchun ExpertBook B1 noutbuki ma’lumotlarni himoya qilish uchun to‘liq xavfsizlik choralari bilan himoyalangan. Ushbu xavfsizlik texnikalariga Kensington blokirovkasi, TPM 2.0 kriptoprotsessori, veb-kamera to‘sqichi hamda barmoq izi skaneri kiradi. 

Mustahkamlik

Ushbu noutbuk shunchalik mustahkamki, u MIL-STD-810H sinovidan o‘tgan. Bundan tashqari, u bir qator sinovlardan ham muvaffaqiyatli o‘tgan. Qurilma turli xil zarbalarga chidamli hamda ekstremal haroratda ishlay oladi. Demak, mustahkamlik jihatidan ExpertBook B1 noutbukiga to‘liq ishonish mumkin. 

Foydali xususiyatlar

Ish jarayonini osonlashtirish uchun ExpertBook B1 noutbukida kundalik foydalanish uchun qulay bo‘lgan ko‘plab innovatsion xususiyatlar mavjud. Bularga yoritgichli klaviatura va displeyni to‘liq 180 gradusgacha buklash imkoniyati beruvchi mexanizmni misol qilib keltirish mumkin. 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!