Asus ExpertBook B9 modeliga to‘liq tavsif

Asus ExpertBook B9 modeliga to‘liq tavsif

Asus ExpertBook B9 - Biznesmenlar uchun eng yengil 14 dyuymli noutbuk. So‘nggi Intel Evo platformasiga asoslangan 11-avlod Intel Core vPro protsessoriga ega ushbu noutbuk ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.

Qurilmani maksimal darajada yengillashtirish maqsadida u minimalistik dizaynda yaratilgan, ammo bu uning unumdorligiga hech qanday ta’sir o‘tkazmagan. Ushbu model ajoyib avtonomiya, bundan tashqari, RAID texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan ikkita drayveri borligi bilan maqtana oladi. 

Qurilma smart shovqinni pasaytirish funksiyasi, yaqinlikni aniqlovchi sensor va HumberPad 2.0 sensorli paneliga ega. Ushbu noutbukning biznesmenlarga mo‘ljallanganligi tijorat ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlashga yordam beradigan ilg‘or axborot xavfsizligi vositalarining mavjudligi bilan ta’kidlanadi.

O‘ta darajada ixcham, ammo kuchli va mustahkam bo‘lgan ExpertBook B9 bugungi bizness dunyosi uchun mukammal hamkordir.

Yengil, kuchli va mobil

ExpertBook B9 noutbukining korpusi bardoshli, ammo engil magniy-litiy qotishmasidan yasalgan, shuning uchun uning og‘irligi atigi 880 grammni tashkil qiladi. Yupqa ramka tufayli qurilmaning 14 dyuymli ekrani odatdagi 13 dyuymli modellarning o‘lchamiga mos keladigan korpusga joylashgan. O‘ta darajada ixcham ExpertBook B9 noutbuki portfelga osongina joylashadi, shuning uchun u sizga hamma joyda hamroh bo‘lishi mumkin - ofis ichida ham, tashqarisida ham.

Noutbuk bilan vazifalarni oson bajaring!

O‘zining ixcham hajmiga qaramay, ExpertBook B9 og‘ir ish yuklariga tayyor. Noutbuk Iris Xe grafikali 11-avlod Intel Core i7 vPro protsessorida ishlaydi, u tezkor tarmoqqa ulanish uchun Wi-Fi 6 bilan jihozlangan. 2TB gacha bo‘lgan xotirani taqdim etuvchi SSD kartasi qo‘shimcha uzatish tezligi yoki ma’lumotlarni himoya qilish uchun RAID array19 kontrolleri bilan birlashtirilishi mumkin bo‘lgan tezkor va yuqori sig‘imli fayllarni saqlashi mumkin.

Noutbuk quvvat samaradorligi jihatidan mukammallikni taqdim etadi. Shuningdek, uning interfeysi Intel'ning Evo sertifikatiga ega. 

Yuqori avtonomlik darajasi

ExpertBook B9 ishda yoki uzoq parvozda sizga hech qachon pand bermaydi, chunki qurilma to‘liq quvvat bilan uzoq muddat ishlashi mumkin. Zaryadlash ko‘p vaqt talab qilmaydi. Maxsus texnologiya batareya quvvatini atigi 39 daqiqada ichida 0% dan 60% gacha oshira oladi. 

Turli xil tashqi qurilmalarni ulash imkoniyati

ExpertBook B9 noutbuki Thunderbolt 4 (40 Gb/s tezlikda ma’lumot almashinish, uchtagacha 4K displeyni qo‘llab-quvvatlash va tezkor quvvlash imkoyati), USB type-A va HDMI portlarining to‘liq to‘plamiga ega. Shuningdek, simli tarmoqlarga individual MAC manzili bilan ulanish mumkin - bu qurilmani korporativ infratuzilma doirasida boshqarish uchun qulay hisoblanadi.

Mustahkam korpus

Tashqi nafisligiga qaramay, ExpertBook B9 korpusi juda mustahkam, chunki u kuchli magniy-litiy qotishmasidan yasalgan. Ushbu noutbuk shunchalik mustahkamki, u MIL-STD-810H sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bundan tashqari, u bir qator sinovlardan ham muvaffaqiyatli o‘tgan. Demak, ExpertBook B9 har qanday sharoitda o‘z mustahkamligini ko‘rsata oladi.

Yuqori sifatli ovoz

ExpertBook B9 audiotizimida mikrofon, smart ovoz kuchaytirgich va Harman/Kardon tomonidan sertifikatlangan dinamiklar mavjud. Harman/Kardon dinamiklari maftunkor fazoviy effektlar bilan ajoyib ovozlarni taqdim etadi.

Ishonchli himoya tizimi

ExpertBook B9 noutbukini blokdan chiqarish nihoyatda tez va qulay – yaqinlik sensori va infraqizil kamera yordamida qurilma foydalanuvchining yuzini tanib, parolni kiritmasdan ishga kirishish imkonini beradi. Foydalanuvchi noutbukdan uzoqlashganda, noutbuk maxfiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun operatsion tizimni avtomatik ravishda bloklaydi.

Foydalanuvchi uchun qulayliklar

Optimallashtirilgan klaviatura va bir qator qo‘shimcha funksiyalarga ega sensorli panel foydalanuvchining noutbuk bilan ishlashini osonlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida unumli va qulay ishlashga yordam beradi.

Yuqori sifatli tasvirlarni taqdim etuvchi displey

Noutbukka o‘rnatilgan yupqa ramkadagi 14 dyuymli NanoEdge displey ajoyib tasvirlarni taqdim etadi. Ekrandagi tasvirlarni aniq ko‘rsatish uchun displey ustiga aks qaytarishni oldini oluvchi qoplama o‘rnatilgan. 

Alexa virtual yordamchisi

Alexa - bu ovozli boshqaruv tizimi bo‘lib, undan uchrashuvlarni rejalashtirish, elektron pochta xabarlarini o‘qish, sayohat rejalarini yaratish va hatto taksilarga buyurtma berish uchun foydalanish mumkin. Faqat kerakli buyruqni ayting - va virtual yordamchingiz darhol sizga javob beradi.  

Smartfon bilan qulay integratsiya

MyASUS dasturiga havola funksiyasidan foydalanib, noutbukni osongina smartfoningizga ulanishi mumkin. Shundan so‘ng, ikkita qurilma o‘rtasida fayllarni uzatishdan tashqari, siz telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirishingiz va qabul qilishingiz, shuningdek, bildirishnomalarni qabul qilishingiz va mobil xabarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri noutbukda yuborishingiz mumkin. 

Biznes-klass himoya

Bugungi bizness dunyosida axborot eng katta ahamiyatga ega, shuning uchun ASUS kompaniyasining bizness klass noutbuklari maxfiy ma’lumotlarni to‘liq himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. ExpertBook B9 modelidagi xavfsizlik tizimi Windows Secured-core PC xavfsizlik sertifikatiga ega bo‘lgan.

Markazlashtirilgan boshqaruv

Bizness klass kompyuterlarni oson boshqarish uchun ASUS korporativ hisoblash infratuzilmasini boshqarish bilan bog‘liq turli vazifalarni bajarishda vaqt va pulni tejashga yordam beradigan to‘liq dasturiy yechimlarni taklif etadi.

Tabiatga bo‘lgan e’tibor

Atrof-muhitni muhofaza qilish ASUS korporativ falsafasining asosiy tamoyillaridan biridir, shuning uchun kompaniya faoliyatining barcha sohalarida atrof-muhit masalalariga katta e’tibor beriladi. 

Qulay servis

ASUS servis paketi faqat kafolat bilan cheklanib qolmaydi. Har bir korporativ mijozning o‘ziga xos talablari borligi sababli, bunday paketga kiritilgan xizmatlar ro‘yxatini o‘zgartirishga ruxsat beriladi. 

O‘QING: Asus ROG Phone 6'ning renderlari e’lon qilindi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!