Asus G750JS: “Malika”dagi qimmat noutbukning muhim jihatlari

Asus  G750JS: “Malika”dagi qimmat noutbukning muhim jihatlari

Taqdim etilgan vaqti: 2014 yil, aprel.

Asus  G750JS(-TS71 ROG) noutbuki 17 iyun holatida 1570 AQSh dollaridan sotilmoqda. Korpusi alyuminiy hamda plastik uyg‘unligida tayyorlangan noutbuk klassik dizaynga ega.

Elektron o‘yin ishqibozlariga mo‘ljallangan laptop 2.5 GGs chastota tezligida ishlaydigan, 4 yadroli Intel Core i7-4710HQ protsessori hamda 2014 yilda e’lon qilingan GeForce GTX 870M videokartasi bilan ta’minlangan. Noutbukda innovatsion sovutish tizimi mavjud.

Asus  G750JS qurilmasi DDR3L turidagi 16 GB tezkor xotiraga ega. Noutbukning umumiy ma’lumotlar sig‘imi 2000 Gb. Shuningdek, unda 50 GB sig‘imli raqamli optik diskka ma’lumot yozish, ya’ni Blu-ray ma’lumotni optik yozish  texnologiyasi joriy qilingan.

Noutbuk Windows 8 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Qurilmaning ekran diagonali 17,3 dyuym bo‘lib, FullHD, ya’ni 1920 x 1080 piksel sig‘imiga ega displey jilosi ko‘zni olmaslik xususiyatiga ega.

Sig‘imi 5900 mA soat bo‘lgan akkumulyator avtonom rejimda 3 soat ishlaydi.

Asus  G750JS noutbukida klaviatura osti chirog‘i, veb-kamera, WI-FI / Bluetooth simsiz aloqa texnologiyasini joriy qilingan.

Og‘irligi 4,8 kg bo‘lgan gadjet stol noutbuki hisoblanadi. Uning o‘lchamlari: 410 x 310 x 50 mm.

Xitoyning ASUSTeK Computer Inc. kompaniyasiga 1989 yilda asos solingan. Ayni paytda kompaniya kompyuter, noutbuk, netbuk, mobil qurilmalari, tarmoq uskunalari ishlab chiqarishda jahonda yetakchi muassasalardan biri. Yunon mifologiyasiga ko‘ra, “ASUS” afsonaviy qanotli ot nomidir.