ASUS geymerlar uchun maxsus ROG Centurion garniturasini tayyorladi

ASUS geymerlar uchun maxsus ROG Centurion garniturasini tayyorladi

ROG brendining o‘n yilligi munosabati bilan ASUS kompaniyasi 7,1 kanalli tovushni qo‘llab-quvvatlaydigan geymerlar uchun mo‘ljallangan Centurion garniturasini namoyish qildi. Qurilma o‘ramiga ESS 9601 ovoz kuchaytirgichiga ega bo‘lgan USB-dok stansiya ham kiradi. Shuning uchun garnituradan nafaqat o‘yinlarda, balki  turli servislar va ovozli chatlarda ham foydalanish mumkin. Garnituradagi maxsus dasturiy ta’minot yordamida foydalanuvchi ovozni o‘ziga moslab sozlashi mumkin.

5P3RtTY0QF1NUrnloxALLDz0CH2Hw0N

ROG Centurion garniturasiga 7.1 formatidagi audioni ta’minlaydigan o‘n diskretli magnit o‘rnatilgan. Bunday funksiya, ayniqsa, o‘yinlar vaqtida juda qo‘l keladi. Garnituradagi Sonic Radar texnologiyasi esa monitor ekranida o‘yinchi atrofidagi shovqinlar darajasini ko‘rsatadi.

5P3Rt1QiqaZYFz1Z2z26FyI1ZVz2fpFHS

Maxsus penomaterialdan qilingan ambushyuralar garnituradan uzoq muddat foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, garnitura o‘ramida tegishli podstavka ham mavjud bo‘lib, u qurilmani saqlashga ko‘maklashadi.

Boshqa geymer garnituralarida bo‘lgani kabi ROG Centurion’da ham shovqinni kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlanadigan mikrofon ko‘zda tutilgan. Shovqinni kamaytirish funksiyasi USB-audiostansiyaga ham qo‘llanilgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, mazkur texnologiya 90% tashqi begona tovushlarni bartaraf etishi mumkin.

O‘ramdagi maxsus ASUS Sonic Studio utilitasi ovozni sozlash, shuningdek, foydalanuvchiga shaxsiy ovoz profillarini yaratish imkoniyatini beradi.

Qurilma narxi haqida hozircha xabar berilmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!