Asus kompaniyasi Zenbook 14X OLED Space Edition noutbukini sotuvga chiqardi

Asus kompaniyasi Zenbook 14X OLED Space Edition noutbukini sotuvga chiqardi

Asus CES 2022 tadbirida ZenBook 14X OLED Space Edition noutbukini taqdim etgan edi. Va nihoyat, ushbu qurilma bugundan sotuvga chiqdi. 

Ushbu Noutbuk Intel kompaniyasining 12-avlod Core i9-12900H protsessori va u bilan integrallashuvchi Iris Xe grafik protsessori, shuningdek, 32GB tezkor xotira bilan jihozlangan. 

Qurilmaga 90 gerts chastotada ishlovchi hamda 16:10 forma faktoridagi 14 dyuymli OLED displeyi o‘rnatilgan. 

Noutbukning o‘ziga xos jihati shundaki, uning tashqi tomonida 3.5 dyuymli mini OLED displey joylashgan. Korpusning qolgan qismida kosmik kemaga o‘xshash futuristik ko‘rinishdagi ba’zi elementlar mavjud. Bundan tashqari, u AQSh Koinot tizimi qo‘mondonlik standartlariga (SMC-S-016A) mos keladi, bu esa uni tebranishlarga va juda past yoki yuqori haroratlarga chidamli qiladi. 

Bu 14 dyuymli noutbuk bo‘lgani uchun uning raqamli paneli yo‘q, lekin uni LED yoritilgan sensorli paneldan chiqarish mumkin. Barmoq izi skaneri quvvat tugmasida joylashgan. Yon tomondan to‘rtta USB-C, bittadan USB 2.3 Type-A va HDMI 2.0 portlari o‘rin olgan. 

Qurilmani hozir ba’zi riteylerlardan sotib olish mumkin. Uning narxi 1999 dollardan boshlanadi. 

O‘QING: Hatto Windows XP foydalanuvchilari unikidan ko‘proq 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!