Asus kuchli o‘yin noutbuki tayyorlamoqda

Asus kuchli o‘yin noutbuki tayyorlamoqda

Asus kompaniyasi NVIDIA’ning GeForce videokartasida ishlaydigan kuchli ROG G752VS o‘yin noutbukini ishlab chiqaradi. Noutbuk anonsi shu oyda o‘tkaziladigan Gamescom ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.

Gamescom ko‘rgazmasida, shu bilan bir qatorda, GPU Pascal asosidagi mobil videokartalar turkumi ham namoyish etiladi. ASUS ROG G752VS noutbukiga ushbu turkumga kiruvchi  GeForce GTX 1070 videokartasi o‘rnatiladi. Model DDR4 standartidagi 32 GB tezkor xotiraga ega bo‘lishi aytilmoqda. SSD to‘plagich 256 GB, fayllarni saqlaydigan NDD esa 1 TBni tashkil etadi.

ASUS ROG G752VS Full HD aniqligidagi 17,3 dyuymli ekranga ega bo‘lishi hamda 4 GGs  chastotali Intel Core i7-6700HK protsessorida ishlashi aytilmoqda.

Bundan tashqari, noutbukning 512 GB SSD va 64 GB tezkor xotirali varianti ham qimmatroq narxda sotilishi haqida xabar berilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!