ASUS ROG Claymore – innovatsion o‘yin klaviaturasi

ASUS ROG Claymore – innovatsion o‘yin klaviaturasi

Bundan bir necha kun ilgari saytimizda ASUS kompaniyasining o‘yinlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan ROG G701VI noutbuki haqida ma’lum qilgan edik. Tayvanlik gigant kompyuter o‘yinlari segmentida yanada mustahkam o‘rin egallashni maqsad qilgan ko‘rinadi. Shu maqsadda firma kuni kecha ASUS ROG Claymore nomli yangi texnologiyadagi o‘yin klaviaturasini ham namoyish qildi.

claymore1

3D News saytining yozishicha, gadjet deyarli ramkalardan xoli, ASUS Aura Sync formatidagi RGB fon chirog‘i bilan jihozlangan. Klaviatura to‘plamida Cherry MX RGB mikroo‘tkazgichlari ham o‘rin olgan. Korpus mustahkam alyuminiy qorishmasidan ishlangan. Old tomonda ROG logotipi joylangan.

claymore2

Klaviatura ASUS Aura Sync texnologiyasini qo‘llab-quvvatlagani bois, u tizim platasi, korpusi, grafik karta va boshqa periferiya bilan sinxron ishlash imkoniyatiga ega. O‘ng tarafdagi raqamli blok paneli yechiladi va alohida xarid qilinadi.

ASUS ROG Claymore 14 noyabrdan sotuvga chiqariladi. Yevropadagi narxi 160 yevro.