ASUS ROG Phone 6 g'ilof va qo'shimcha aksessuarlarsiz rasmiy suratlarda

ASUS ROG Phone 6 g'ilof va qo'shimcha aksessuarlarsiz rasmiy suratlarda

Asus kompaniyasi bir necha kundan keyin o'zining yangi geyming smartfonini taqdim qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda, lekin kompaniyaning rasmiy taqdimotidan oldin bo'lajak ROG Phone 6 rasmiy render suratlari allaqachon internetda tarqatib yuborildi.


Rasmlardan ko'rish mumkinki, smartfonning old tomoni dizayni avvalgilarikiniga o'xshaydi: past va yuqori qismida qalinroq ramka va oldingi stereo dinamiklar. Orqa tomonda esa qurilma uchlik kamera va Asus ROG brendiga xos bo'lgan dizayndagi bezaklarni ko'rish mumkin. Suratlar smartfon ikki xil: qora va oq ranglarda chiqarilishini bilib olsa bo'ladi. Smartfon rasman Qualcomm'ning bugungi kundagi eng kuchli Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan jihozlangan bo'ladi.

Mish-mishlarga ko'ra, ROG Phone 6 smartfoni 6.78 dyuymli, 165Hz yangilanish tezligiga ega, AMOLED, FHD+ displeyga va ekran ostida xavfsizlik uchun barmoq izini skanerlovchiga ega bo'ladi. Shuningdek, kapot ostida 18GB RAM va 512GB doimiy xotira bilan ta'minlanishi aytilmoqda. Qurilmaning 6,000 mAs batareyasi 65 Vt tezlikda quvvatlanadi. Smartfon qutidan Android 12 ga asoslangan ROG UI qobig'i o'rnatilgan holda chiqadi.

O'QING: GTA 6 haqidagi eng katta ma'lumot tarqalishi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!