Asus ROG Phone chaqqonlikda boshqa smartfonlarni orqada qoldiradigan ko‘rinadi

  •   Saroy
  •  949
  •  12.06.2018 13:07

Asus ROG Phone chaqqonlikda boshqa smartfonlarni orqada qoldiradigan ko‘rinadi

Yaqinda Tayvanda bo‘lib o‘tgan Computex 2018 ko‘rgazmasida Asus kompaniyasi o‘zining yangi smartfonini namoyish etdi. Yangi qurilma hali savdoga chiqqani yo‘q, lekin,   Geekbench’da allaqachon testdan o‘tkazib bo‘lingan.

Smartfon, joriy yilning aksariyat flagmanlariga o‘xshab,  ilg‘or chiplardan biri Snapdragon 845’dan foydalanadi. Biroq boshqa flagmanlardan farqli ularoq, ushbu qurilmaning protsessori 2.96 GGs chastotasida ishlaydi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu devaysning ish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

O‘QING: ASUS'dan «aqlli» noutbuklar, Lenovo’da ham yangilik bor

Geekbench xulosalariga ko‘ra, biryadroli Asus ROG Phone testda o‘rtacha  2550 ball oldi, ko‘pyadrolisi esa  — 9500. Ushbu natijalar Xiaomi Mi Mix 2S, OnePlus 6, HTC U12+, Sony Xperia XZ2/XZ2 Compact   yoki Galaxy S9+ larning ko‘rsatkichlaridan yuqoridir.

Yangi smartfon ilg‘or protsessordan tashqari, nisbati 18 ga 9 bo‘lgan 2160×1080 piksel farmatidagi  6-dyuymli AMOLED-displeyi bilan ta’minlangan. Qurilmaga shuningdek, maxsus sovutish tizimi, 12 Mp + 8 Mp bo‘lgan qo‘sh kamera o‘rnatilgan. Qurilmaning quvvatini   4000 mAch sig‘imga ega batareya ta’minlaydi,  tezkor xotirasi 8 GB, ichki xotirasi 128/256/512 dan iborat.

O‘QING: Asus ROG Phone: geymerlar kutayotgan smartfonsmartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!