Asus ROG Phone: geymerlar kutayotgan smartfon

  •   Saroy
  •  1095
  •  01.06.2018 16:50

Asus ROG Phone: geymerlar kutayotgan smartfon

Internet-tarmoqlarida  Asus ROG Phone o‘yin smartfonlarining bizga hali ma’lum bo‘lmagan jihatlari haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Manbalarda aytilishicha, bo‘lajak geymerlar apparati bo‘lgan  Asus smartfoni  ROG Gaming nomini oladi. Unga 6 dyumli keng formatdagi AMOLED-ekran o‘rnatilgan. Suvdan va chang-to‘zondan himoyasi IP68 standarti bo‘yicha bo‘ladi.  Yangi olingan xabarlarga qaraganda,  qurilma 8 gigabaytli tezkor xotirali Snapdragon 845 chipi bilan jihozlanadi.

O‘QING: Asus ScreenPad paneliTouch Bar’ga o‘xshaydimi?

Protsessori xuddi Xiaomi Black Shark’dagiga o‘xshab sovutib turgich tizimiga ega.  Flesh-xotirasi versiyasiga qarab, 128 va 256 gigabaytli bo‘ladi.  Akkumulyator sig‘imi — 4000 mAch. Qurilmaning narxi haqida hali ma’lum qilinmadi, ammo iyun oyining birinchi o‘n kunligida ma’lum bo‘lishi kutilmoqda. Chunki xuddi  shu vaqtda Tayvanda Computex 2018 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Kutilganidek, ko‘rgazmada  Asus o‘zining o‘yin smartfonini ham namoyish qiladi.

U chiroyli, qulay va bejirim apparat bo‘lib, dezayni ham ultra zamonaviy bo‘lishi kutilmoqda. Shunday ekan, unga faqat  Xiaomi Black Shark, Nubia Red Magic va  Razer Phone apparatlari raqobatchi bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Asus Apple'ni masxara qilgani uchun qoralandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!