Asus ROG Phone 6'ning renderlari e’lon qilindi

Asus ROG Phone 6'ning renderlari e’lon qilindi

Asus kompaniyasi o‘zining ROG (Republic of Gamers - o‘yinchilar respublikasi) Phone 6 smartfonini iyul oyining beshinchi sanasida taqdim etadi. Ushbu qurilma Snapdragon 8+ Gen1 chipiga ega bo‘lgan birinchi smartfon bo‘ladi.

Smartfonning ayngi renderlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, qurilma uchun maxsus g‘ilof va yangi AeroActive kuler bo‘ladi. 

Kompaniya hali ham o‘z an’analariga sodiq qolmoqda, ya’ni smartfonning selfi kamerasi uchun old panelda hech qanday “qosh“ yoki tirqish mavjud emas. Yuqori ramkaning qalin bo‘lishi u yerga selfi kamera o‘rnatishga yetarli joy bo‘lishini ta’minlagan. 

Chap tomonda USB-C porti va SIM-karta uyasi, o‘ng tomonda esa triggerlar joylashgan. Orqa tomondan uchta kamera sensori hamda bitta LED chirog‘i o‘rin olgan. 

Smartfonni sovutib turish uchun AeroActive kuleri yaratilgan bo‘lib, u qurilmaning orqa paneliga o‘rnatiladi. Ushbu aksessuar ROG Phone 5 va 5s modellarining kuleridan farq qiladi. 

Himoya g‘ilofi hech qanday tugmani to‘sib qo‘ymaydi. U o‘yin o‘ynalyotgan vaqt smartfonni qulayroq ushlab turilishiga ko‘maklashadi. 

O‘QING: iPhone 14 modellarining akkumulyator sig‘imi haqida ma’lumot berildi