Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

  •   DiMaX
  •  3341
  •  19.11.2019 14:22

Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

Kryptowire kompaniyasi tadqiqotchilari josuslik funksiyalarini bajarishga qodir bo‘lgan naq 146 ta xavfli ilova mavjudligini aniqlashdi. Qizig‘i – ular 29 ta ishlab chiqaruvchining smartfonlariga zavoddanoq o‘rnatib chiqariladi.

O‘QING: Smartfoningizda josuslik qilayotgan oltita antivirus

Mazkur ilovalarni Xiaomi, Samsung, Sony, Asus va Panasonic singari kompaniyalar ham o‘z smartfonlariga boshidanoq o‘rnatishar ekan. Ya’ni, foydalanuvchi ularni o‘zi o‘chirib tashlasa, bundan qurilmaning operatsion tizimiga shikast yetishi mumkin.

Kryptowire ekspertlariga ko‘ra, potensial xavfli Android-ilovalar quyidagi ommabop smartfonlarga operatsion tizim darajasida o‘rnatilgan:

  1. Asus ZenFone 3;
  2. Asus ZenFone 3 Ultra;
  3. Asus ZenFone 3s Max;
  4. Asus Zenfone 4;
  5. Asus ZenFone 5;
  6. Asus ZenFone 55Q;
  7. Asus ZenFone AR;
  8. Samsung Galaxy A3;
  9. Samsung Galaxy A5;
  10. Samsung Galaxy A7;
  11. Samsung Galaxy A8+;
  12. Samsung Galaxy Xcover 4;
  13. Samsung Galaxy J5;
  14. Samsung Galaxy On7;
  15. Samsung Galaxy J7 Max;
  16. Samsung Galaxy J3;
  17. Samsung Galaxy J4;
  18. Samsung Galaxy S7;
  19. Samsung Galaxy J6;
  20. Samsung Galaxy J7 Neo;
  21. Samsung Galaxy J7 Pro;
  22. Sony Xperia Touch;
  23. Sony Xperia XZs;
  24. Xiaomi Redmi 6;
  25. Xiaomi Redmi 6 Pro;
  26. Xiaomi Mi Mix 2s;
  27. Xiaomi Mi Note 2;
  28. Xiaomi Mi Mix;
  29. Xiaomi Mi A2 Lite;
  30. Xiaomi Mi 5S Plus;
  31. Xiaomi Mi Pad 4;
  32. Xiaomi Mi A3.

Bulardagi maxsus kodlar smartfon egasining suhbatlarini tinglashi, uning qayerlarda ekanini kuzatishi, shaxsiy ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchiga va hatto uning hamkorlariga ham jo‘natishi mumkin.

Kryptowire mutaxassislarining ta’kidlashicha, mazkur ilovalarni faqat Google bloklab qo‘yishi mumkin. Lekin hozircha uning bunga yo vaqti bo‘lmayapti, yo kuchi.

O‘QING: Google megabaytni tejovchi ilovasini dafn etdi, lekin uni boshqa joydan yuklab olamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.