Asus ScreenPad paneliTouch Bar’ga o‘xshaydimi?

  •   Saroy
  •  695
  •  29.05.2018 16:54

Asus ScreenPad paneliTouch Bar’ga o‘xshaydimi?

Tez orada Tayvanning Asus kompaniyasi yana bir noodatiy mahsuloti – tachpadli ScreenPad’ni namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bu sensorli paneldan boshqachasi, ya’ni yanayam zo‘rrog‘i, deyishmoqda kompaniya vakillari.   

Kutilganidek, ScreenPad kompaniya noutbuklarining biriga o‘rnatiladi, qolaversa u alohida aksessuar bo‘lishi ham mumkin. Yangi qurilma to‘laqonli displeyga ega. Darvoqe, u ham barmoq tegishini sezadi. Yaqinda Microsoft Store’da   Asus’ning    ilovalar to‘plami paydo bo‘ldi. Ular orasida — Spotify, YouTube pleyeri, taqvim, kalkulyator va Word, Excel va PowerPoint uchun boshqarish panelli Microsoft’ning kengaytirilgan ofis paketini qayd etishimiz mumkin. Hujjatda SDK’ning ikkinchi  versiyasi bilan qo‘llab qkvvatlangani ham yozilgan, bu esa, kompaniya sheriklari bilan anchadan buyon hamkorlik qilib kelayotganini bildiradi. 

O‘QING: ASUS eng kuchli protsessorli flagmanni taqdim qildi

Mazkur ishlanma MacBook Pro’ning Touch Bar panelini eslatib yuboradi. Biroq Asus klaviaturaga tegmaslikka qaror qilgan. Shu vaqtgacha tachpadlarning tadrijiy rivojlanishi qurilmaning hajmini oshirishdan iborat bo‘lib kelardi. Lekin  ScreenPad — bu qandaydir, butunlay yangisi.

Kelasi oyning birinchi o‘n kunligida Taybeyda  Computex 2018 kompyuter texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirda Asus ham o‘zining ilk ScreenPad noutbukini namoyish qilishi mumkin.

O‘QING: Asus Apple'ni masxara qilgani uchun qoralandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!