Asus Zenbook UX305: O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan noutbuk

Asus Zenbook UX305: O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan noutbuk

Bugungi xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning taniqli brendlarning mahsulotlaridan ancha arzon, shuningdek nisbatan raqobatbardosh bo‘lgan mobil qurilmalar ishlab chiqarish orqali mashhur bo‘lish siyosatining samaradorligi xitoylik kompaniyalarga qadar Tayvanning ASUSTeK Computer Inc. kompaniyasi faoliyati misolida o‘z isbotini topgan. Kompaniya aynan hamyonbop va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib, bir necha yillar ilgari jahon texnologiyalar bozorini zabt etgan.

Asus 2011 yildan boshlab “Zenbook” turkumidagi ixcham va yupqa noutbuklarni ishlab chiqarmoqda. Jumladan, UX21E va UX31E noutbuklari xalqaro e’tirofga erishgan ilk yupqa va yengil ultrabuklar bo‘lishgan. Aynan mazkur gadjetlar “Zenbook” brendini ommalashishiga xizmat qilgan. ASUS yillar davomida mazkur turkum noutbuklarini yangi texnologiyalar bilan ta’minlab, ularga xos ilg‘orlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Xususan, bugun “UX305” raqami ostida ishlab chiqarilayotgan ultrabuklar 12.3 mm yupqalikdagi hayratlanarli alyuminiy korpusga ega. U bu borada Dell XPS 13, HP EliteBook Folio 1020 kabi ilg‘or noutbuklardan ham o‘zib ketgan.

Asus’ning ijod mahsuli bo‘lmish Zenbook UX305FA-ASM1 xalqaro bozorda $699 dollardan sotilmoqda. Amazon onlayn savdo do‘konining ma’lum qilishicha, u jahon miqyosida eng ko‘p sotilayotgan noutbuklar sirasiga kiradi. Shuningdek, o‘rganishlarimizdan ma’lum bo‘ldiki, “Malika” texnologiyalar sotishga mo‘ljallangan savdo majmuasida ham mazkur noutbuklarga talab yuqori ekan.

Dizayn

Asus doimo Zenbook’larni ko‘rkam qiyofada ishlab chiqarishga diqqat qiladi. Jumladan, UX305FA-ASM1 noutbuki ham bundan mustasno emas. Yupqa rom va hoshiyalar, nafis korpus noutbuk xaridorlarini bir zumda o‘ziga jalb qiladi. Undagi hoshiya va burchaklar o‘zaro uyg‘un, yassi ko‘rinishda.

10 9 8

12.3 mm qalinlikdagi noutbuk 1.2 Kg tosh bosadi. O‘lchamlari Amazon’da  $838.90 dollardan sotilayotgan Lenovo Yoga 3 Pro’ning o‘lchamlari bilan bir xil. Shu bilan birga, xalqaro bozorda $1,349.99 dollardan sotilayotgan Dell XPS 13 Touch’dan, shu bilan birga Apple MacBook Air (1.3 kg) ultrabukidan yengilroq.

To‘g‘ri, bu arzimas jihatlar bo‘lishi mumkin, ammo nisbatan o‘xshash va imkoniyati Zenbook’larga yaqin noutbuklar uchun taniqli brendlar bozorda ikki barobar ko‘p narx so‘rashmoqda.

 

Displey

Asus Zenbook UX305FA-ASM1 13 dyuymli hamda full HD (1,920 – 1,080 piksel) sig‘imli zamonaviy displey bilan ta’minlangan. U In-Plane Switching, ya’ni keng burchakli va rangli tasvir uzatish qobiliyatiga ega IPS platformada ishlaydi.

Ekranda joriy qilingan maxsus funksiya bois ekran shu’lasi ko‘zni olmaydi va yorug‘ sharoitda ham ekranni ortiqcha soyalardan himoya qiladi.

Ekranda sensor texnologiyasi mavjud emasligi bois unga Windows 8.1 operatsion tizimi va’da qilayotgan sensorli interfeysni o‘rnata olmaysiz.

Noutbuk qarshisidagi asosiy vaqtini video yoki tasvir emas, elektron jadval, Word hujjatlarida ishlash bilan o‘tkazadiganlar uchun UX305’ning yaltiramaydigan ekrani ayni muddao.

Yorug‘lik miqdorini o‘lchaganda ekranning 281 nit yorug‘lik chiqarishiga guvoh bo‘lasiz. Bu esa uning yorqinligining isboti. Bu, garchi, uning ekrani XPS 13’ning ekranidan bir oz ortda ekanini bildirsa ham, u EliteBook Folio 1020 noutbukidan 25 foizga yorqin. Lekin, bu tafovutlar oddiy tomoshabinga u qadar ham sezilmaydi.

Rang va tasvir samaradorligi bo‘yicha UX305’ning displeyi sRGB spektridagi 93.9 foiz ranglarni yetkazib bera oladi. Bu shu narx doirasidagi eng yaxshi namoyish ekanligini anglatadi. Bu borada UX305 raqibi bo‘lgan XPS 13 (91.7)’dan oldinda.

Klaviatura va tapchad

UX305’ning klaviaturasi “chiklet-uslubi”da yaratilgan. Ya’ni, klavishlar orasi ochiq va keng. Bu esa harf terishda foydalanuvchiga katta qulaylik yaratadi. O‘rtacha unda har daqiqada uning yordamida 70-75 ta so‘z terish mumkin.

Mazkur klaviaturaning EliteBook Folio 1020 va XPS 13’ning klaviaturasidan birgina kamchiligi – unda klavish-osti yorug‘lik tizimi tatbiq etilmagan. Bu esa qorong‘u sharoitda harf terish yoki chirog‘i o‘chiq zalda PowerPoint taqdimotlarni qilishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

UX305’ning keng va qulay 4.1 x 2.9 dyuymli keng va barmoq bemalol harakatlanadigan sensor paneli, ya’ni tapchadi ikki barmoq orqali buyruq berish, yaqinlashtirish kabi amallarni tezkorlik bilan bajaradi. UX305 tapchadi ba’zi noutbuklarda bo‘lgani kabi, o‘ng va chap chertishlarida xato qilmaydi.

Audio

UX305 noutbuki  stereodinamiklar bilan ta’minlangan. Ular jahonga mashhur Bang & Olufsen kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Dinamiklar HD Audio texnologiyasidagi ovoz ishlab chiqaradi. Ularning ishlash sifatini o‘ra darajaga qo‘shish mumkin. Sababi ovozni maksimal darajaga ko‘targanda, bir oz g‘uvvillash quloqqa chalinadi.

UX305 noutbuki Asus’ning AudioWizard audio uzatishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotiga ega. Unda foydalanuvchi tanlashi mumkin bo‘lgan “Musiqa”, “Film”, “O‘yin” rejimlari mavjud.

UX305 gadjetida tatbiq etilgan Smart Audio dasturi orqali mikrofon yordamida ovozni yozib olish mumkin.

UX305’ning audio dinamiklari  79 detsibel miqdoridagi ovoz ishlab chiqaradi. Bu ko‘rsatkich  uning raqiblari bo‘lgan XPS 13’da 94 dB, EliteBook Folio 1020’da 85 dB. Bu turdagi noutbuklar dinamiklari o‘rtacha 86 dB ovoz chiqarishi kerak.

Platforma va samaradorlik

Ko‘pchilik sinov va tajribalarda Zenbook UX305FA-ASM1 noutbuki samaradorlik jihatidan “o‘rta darajali” deb topilgan.

Asus Zenbook UX305FA-ASM1 ultrabuki Intel Core M protsessori bilan ta’minlangan. Bu – Intel Core i3’dan kuchli va Core i5’dan bir oz kuchsiz protsessor.

Intel Core M protsessori ko‘plab hamyonbop leptoplarda foydalaniladi. U ba’zi bir o‘rta darajali chiplarga qaraganda noutbukning ancha sifatli namoyishi va tezkor faoliyatiga xizmat qiladi.

Core-M protsessori bilan shuningdek, Lenovo Yoga 3 Pro noutbuki ham ta’minlangan. Faoliyat ko‘rsatkichi bo‘yicha bu ultrabuklar  Dell XPS 13 Touch’dan, $1,299.99 dollarga baholangan Acer Aspire S7-392-5410’dan, $899.99 dollar turadigan HP Spectre x360 noutbuklardan bir oz orqada. Ammo, narxi ulardan ancha arzon.

Intel Core M-5Y10 protsessorining chastota tezligi 2,0 GGs.ni tashkil etadi. Shuningdek, noutbuk HD 5300 videokartasi bilan ta’minlangan. U o‘yinlarni uzilishlarsiz o‘ynash, bir paytning o‘zida bir nechta og‘ir dasturlardan muammosiz foydalanish imkoniyatini beradi.

Misol uchun, tajriba o‘tkazilganida hajmi 250 MB bo‘lgan Photoshop CS6 dasturini Zenbook UX305FA 5 daqiqa 58 soniyada yakunladi. Bu ko‘rsatkich Lenovo Yoga 3 Pro’lf 6,55 daqiqa, 12 dyuymli Apple MacBook’da 6,24 daqiqa, Dell XPS 13’da 5,54 daqiqa, Apple MacBook Air’da 5,05 daqiqani tashkil etdi. MacBook Pro’ga esa bu ishni bajarish uchun 4,17 daqiqa va HP Spectre x360’ga 4,25 daqiqa kerak bo‘ldi.

Garchi, o‘ta yupqa va sovutish tizimisiz ishlab chiqarilgan bo‘lsa ham, UX305 protsessorining qizish darajasi 35 darajadan ko‘tarilmaydi.

Xotira va operatsion tizim va dasturlar

Asus Zenbook UX305FA-ASM1 noutbuki 8 GB tezkor xotiraga ega. Asus Zenbook UX305FA-ASM1’da SATA’ning 256 GB axborot sig‘imiga ega bo‘lgan qattiq diski o‘rnatilgan. Bu 128 GB xotira sig‘imiga ega Apple MacBook Air 13 va MacBook Pro 13’dan ikki marotaba ko‘p degani.

Qurilma 64 bitli Windows 8.1 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Asus bir qator dastur va ilovalarni ham foydalanuvchilariga taklif qiladi. Shuningdek, o‘zining Asus WebStorage bulutli xizmatida 16 GB xotira maydoni ham ajratadi.

Kamera

Asus mazkur noutbukini 1.2MP sig‘imli veb-kamera bilan jihozlagan. Unda videoni uzatish sifati yaxshi. Shuningdek, kamera HD video yozib, surat ham oladi.

Batareya

Asus Zenbook UX305FA-ASM1 leptopi maksimal darajada foydalangan taqdirda, 10 soatga yetadigan 3 bo‘lmali va Li-Po turidagi akkumulyatorga ega.

Faoliyat ko‘rsatish ko‘rsatkichi Apple MacBook Air’da 15,51 soatni, 12 dyuymli Apple MacBook’da 14,10 soatni, Acer Aspire S7’da 8,22 soatni, Lenovo Yoga 3 Pro’da 8,19 soatni, Dell XPS 13 Touch’da 7,40 soatni tashkil etadi.

Kommunikatsiya

U orqali aloqaning Ethernet ma’lumotlarni tarmoqli uzatish texnologiyasi, simsiz aloqaning LAN 802.11 a/g/n, Wi-Fi. Bluetooth v4.0 tarmog‘iga ulanish mumkin. Noutbukda 3 nafar USB 3.0 portlari, 1 dona HDMI porti, Digital Media Reader hamda VGA portlari mavjud. USB Charger+ orqali smartfon va planshetlarni tezkor quvvatlash mumkin. Naushnik uchun port orqali gadjetga quloqchinlarni ulash mumkin. Noutbukda SD qo‘shimcha xotira kartasini o‘qish porti ham mavjud.

Asus Zenbook UX305FA-ASM1’da Trusted Platform Module (TPM) deb nomlangan xavfsizlikni ta’minlovchi tizim o‘rnatilgan. Shuningdek, LoJack va Intel Anti-Theft texnologiyalari noutbuk o‘g‘irlangan taqdirda, uni topish va qidirishga yordam beradi. Asus Zenbook UX305FA ultrabuklariga 1 yillik kafolat beradi. Hatto bu kafolat noutbuk tushib ketishi yoki elektr sabab olgan shikastliklarni ham tuzatib berishni qamrab oladi. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar bunday kafolatga jur’at qila olmaydilar.

Narx-navo

Yuqorida qayd etganimizdek, Asus Zenbook UX305FA-ASM1 xalqaro bozorda $699 dollardan sotilmoqda. 2016 yilning 5 avgust holatida esa «Malika» savdo markazida mazkur noutbuk 5,696,000 so‘mdan sotilayotgan ekan.

 

Xulosa

Asus Zenbook UX305FA-ASM1 o‘ta yupqa va yengil, ixcham va muhimi metall korpusga ega jilodor noutbuk. Sovutish tizimidan xoli Intel Core M protsessori shovqin solib, foydalanuvchining boshini og‘ritmaydi.

Full HD sig‘imli displey, qulay va oralari keng klaviatrua, tezkor va keng tapchad, uzoqqa chidaydigan akkumulyatori, 8 GB tezkor xotira va hozircha kuchli protsessori bilan Asus Zenbook UX305FA-ASM1 yaxshi ultrabuklar qatoridan joy oladi.

U hujjatlar bilan ishlash, o‘yin o‘ynash va  o‘ta og‘ir bo‘lmagan dastur-ilovalardan foydalanishda foydalanuvchining talablarini qondiradi.

Xitoyning ASUSTeK Computer Inc. kompaniyasiga 1989 yilda asos solingan. Ayni paytda kompaniya kompyuter, noutbuk, netbuk, mobil qurilmalari, tarmoq uskunalari ishlab chiqarishda jahonda yetakchi muassasalardan biri. Yunon mifologiyasiga ko‘ra, “ASUS” afsonaviy qanotli ot nomidir.

Doimgidek, tanlovni sizning ixtiyoringizda qoldiramiz. Bizning Facebook’dagi sahifamizga a’zo bo‘lish orqali texnologik tavsif va yangiliklarni kuzatishda davom eting va mufassal materiallarni do‘stlaringiz bilan ulashing.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!