Asus Zenfone 8'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Asus Zenfone 8'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Kuni kecha Asus Zenfone 8 seriya smartfonlari taqdim qilingani haqida xabar bergan edik. Qizig‘i shundaki, yangi lineyka tarkibida Zenfone 8 mini nomli model yo‘q. Chunki bu yilgi Zenfone 8'ning o‘zi mini hajmga ega.

Asus'dagilar tezlik, ekran, kamera, akkumulyator, stereo dinamiklar va hatto audio jek borasida hech qanday qurbonliklarsiz eng ixcham Android smartfonini yaratishni maqsad qilishgan edi. Va buni uddalashdi ham! Mavsumning eng intrigali smartfonlaridan biri — Asus Zenfone 8 mini smartfonini qarshi oling.

Anchadan buyon ixcham smartfonlar olamida yangilanishlar bo‘lmayotgan edi. iPhone 12 mini bu borada biroz umid uchqunini bergandi, shundan so‘ng ba’zi Android smartfonsozlar ham Apple'ga ergashishga qaror qildi. Sony, masalan, ixcham, lekin maqtashga arzirli jihatlarga ega Android flagmanlarni doimiy ravishda taqdim qilajagini ma’lum qildi.

Zenfone 8 ham xuddi shunday. Qurilma 5.9" 120Hz AMOLED ekran, eng so‘nggi Snapdragon 888 5G platformasi, 4,000 mAs akkumulyator, flagman darajadagi ikkita kamera hamda chang va suvdan himoyaga ega.

Haqiqatan ham, Asus ixcham Zenfone 8 ichiga barcha narsani sig‘dirishga uringan va bu borasida gap bo‘lishi mumkin emas. Bularga qo‘shimcha ravishda ikkita baland ovozli stereo karnay, 3.5 mm audio jek, Qualcomm Aqstic DAC, NFC va hatto FM radio (Yevropadan boshqa bozorlarda) ham borligi kishini xursand qiladi.

Kamera ham qoyilmaqom jihatlarga ega. Orqa panelda ikkita kamera bor xolos, lekin ular ikki karra vazifa bajaradi. Asosiy 64MP kamera tasvirni optik barqarorlashtirish xususiyati va tasvir sifatini buzmagan holda ikki karra zum qilish imkoniga ega. 12MP ultrakeng burchakli kameraga katta datchik o‘rnatilgan, avtofokusga ega va makrosyomka qila oladi. 12MP selfi kamerada avtofokus bor, 4K video oladi.

Keling, endi smartfonning texnik jihatlari bilan tanishsak.

Asus Zenfone 8'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 147.8x68.5x9.2 mm, 165g; old panelda Gorilla Glass Victus shishasi o‘rnatilgan, rom alyuminiydan, orqa panel Gorilla Glass 3 bilan qoplangan; chang va suvdan IP68 himoya.

> Displey: 5.9" Super AMOLED, 120Hz adaptiv yangilanish chastotasi; 240Hz namuna olish chastotasi, HDR10+, 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 445ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm): sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660.

> Xotira: 128/256GB UFS3.1 doimiy xotira; 6/8/16GB tezkor xotira.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 64 MP, f/1.8, 26 mm, 1/1.7", 0.8µm, qo‘sh-piksel PDAF, OIS, 2x zum; •Ultrakeng: 12 MP, f/2.2, 14 mm, 1/2.55", 1.4µm, qo‘sh-piksel PDAF, 4 sm makrosyomka.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 8K@30 kadr/sek., 4K@30/60/120 kadr/sek., 1080p@30/60/240 kadr/sek., 720p@480 kadr/sek.; giro-EIS, HDR, audio zum va NC uchun 3 ta mikrofon; •Old kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,000 mAs; 30 vattda tezkor quvvatlanish, QC 4.0, USB-PD 3.0.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC; 3.5 mm audio jek, stereo dinamiklar, FM radio.

> Narxi: 679 yevro

Qadoq tarkibi
Zenfone 8 odatiy qadoqda sotiladi. Qadoq ichida 30 vattlik quvvatlagich adapter, har ikki tomoni USB-C tipidagi kabel va plastik himoya g‘ilofi bor.

O‘QING: Asus ROG Phone 3 chiqdi: bosh raqibidan ikki karra qimmat, lekin shunga yarasha zo‘r-da! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.