ASUS ZenPad 3S 10 LTE – 9,7 dyuymli baquvvat planshet

ASUS ZenPad 3S 10 LTE – 9,7 dyuymli baquvvat planshet

Tayvanning ASUS kompaniyasi 9,7 dyuymli QXGA formatidagi displeyga ega bo‘lgan ZenPad 3S 10 LTE planshetini tez orada sotuvga chiqaradi.

3D News nashrining yozishicha, model  Z Stylus nomli stilus,  Qualcomm Snapdragon 650 protsessori (takt chastotasi 1,8 GGs), Adreno 510 grafik adapteri va LTE-modul bilan jihozlangan.

Planshet 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega. Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac va Bluetooth 4.1 interfeyslari, 8/5 Mpli kameralar, GPS/GLONASS va USB Type-C porti ko‘zda tutilgan.

Quvvat sig‘imi 7800 mA/soat bo‘lgan batareya orqali ta’minlanadi. Qurilma bitta zaryadda 16 soat ishlashi mumkin. Og‘irligi – 490 gr.

ZenPad 3S 10 LTE Android 6.0 Marshmallow tizimida ishlaydi, narxi 400 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!