ASUS’ning 18 GB «operativka»li yangi geymerofoni tayyor: ROG Phone 5’dan farqlari

  •   DiMaX
  •  520
  •  16.08.2021 10:10

ASUS’ning 18 GB «operativka»li yangi geymerofoni tayyor: ROG Phone 5’dan farqlari

Tayvanlik texnogigant ASUS dunyo bozorida asosan kompyuter va noutbuklari bilan mashhur, aynan o‘yinlarga moslanganlarini esa Republic of Gamers – ROG brendi ostida chiqaradi. Shuningdek, mobil geyming ishqibozlari uchun bu kompaniya ROG Phone turkumida smartfonlar ham taqdim etib kelmoqda.

O‘QING: Mashhur «ustabuzarmon» 2021 yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona o‘yin smartfonini e’lon qildi (+video)

ASUS geymerofonlari hamisha AnTuTu servisining eng qudratli Android-flagmanlar reytinglarida yuqori o‘rinlarni olib keladi. Ushbu turkumning so‘nggi vakili ROG Phone 5 modeli bo‘lsa, kompaniya allaqachon uning davomchisi – ROG Phone 5S smartfonini tayyorlagan. Rasman taqdim etilishi oldidan mazkur o‘yinbop qurilmaning ayrim texnik jihatlari haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Xususan, kutilayotgan geymerofonning amaldagi flagman – ROG Phone 5 smartfonidan farqli xususiyatlari ma’lum bo‘lgan. Insayderlarning xabar berishlaricha, kutilayotgan apparatning o‘z «ajdod»idan uchta asosiy farqi mavjud:

  1. Standart Snapdragon 888 protsessori o‘rniga uning kuchaytirilgan versiyasi – Snapdragon 888+ chipseti qo‘llangan.
  2. Hozirgi flagmanning ekranida kadr yangilanishini 60 gers, 120 gers va 144 gerslik chastotalarda sozlash mumkin bo‘lsa, ROG Phone 5S modelida bu ko‘rsatkichlar 60, 90, 120 va 144 gerslik chastotalarda taqdim etiladi.
  3. ROG Phone 5S tezkor xotirani virtual kengaytirish texnologiyasiga ega: unda moddiy «operativka» chipi 12 gigabaytlik bo‘lsa, unga yana 6 GBlik virtual tezkor xotira qo‘shish mumkin bo‘ladi.

ASUS ROG Phone 5S’ning qolgan xususiyatlari esa ROG Phone 5 modeliniki bilan bir xil, ularni mana bu xabarimizda batafsil, videosi bilan ko‘rib chiqish mumkin.

O‘QING: Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android-smartfonlar beshta reytingda (AnTuTu, 2021 yil iyul)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!