Atigi 10 dollardan «Xitoycha AirPods Max» sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  777
  •  14.04.2021 10:09

Atigi 10 dollardan «Xitoycha AirPods Max» sotuvga chiqdi

Bultur Apple korporatsiyasi o‘zining AirPods Studio nomli ilk to‘liq o‘lchamli quloqchinini tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Lekin yil yakunida bu garnitura boshqacharoq – AirPods Max nomi ostida namoyish qilindi.

O‘QING: Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!

Kupertinolik korporatsiya AirPods Max quloqchini uchun hattoki 2020 yilgi iPhone SE smartfonidan ham yuqori narx belgilagan. Nomdor brendlarning qimmat mahsulotlari klonlarini tayyorlovchi xitoyliklarning e’tiboridan bu gadjet ham chetda qolgani yo‘q.

Xitoyda sotuvga chiqqan P9 nomli smsiz audiogarnitura tashqi ko‘rinishi Apple AirPods Max quloqchinini deyarli aynan takrorlaydi. Uning korpusi plastikdan ishlangan, lekin ambushyurlari original garnituradagi kabi to‘r bilan qoplanmasdan, yumshoq yostiqcha shaklida taqdim etilgan.

P9 simsiz quloqchinining yon tomonida multimediani boshqarish uchun to‘rtta tugmacha mavjud. Shuningdek, unda original AirPods Max modelidagi singari raqamli koronka yo‘q.

O‘QING: Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

P9 quloqchinining qutisidagi yozuvga ko‘ra, u 50 millimetrlik dinamiklarga ega bo‘lib, HiFi va AAC audiokodekini qo‘llaydi. Biroq undan xarid qilib, ishlatib ko‘rganlarning yozishlaricha, tovush sifati juda yaxshi emas. Albatta-da, axir bu – ayfondan qimmat AirPods Max emas, balki bor-yo‘g‘i 10 dollardan sotilayotgan quloqchin-da!

Darvoqe, AirPods Pro’ning xitoyliklar tayyorlagan klonini ham iPhone xuddi originalidek qabul qilayotgani videosini ko‘rganmidingiz? Original AirPods'ni soxtasidan qanday farqlash mumkinligi haqidagi qo‘llanmamiz ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!