Atigi 10 ming so‘mdan boshlanuvchi ChEKSIZ internetga kelib qoling!

  •   DiMaX
  •  5820
  •  03.07.2020 16:03

Atigi 10 ming so‘mdan boshlanuvchi ChEKSIZ internetga kelib qoling!

Avvalroq Bilayn uyali aloqa operatori ikkita tarif rejasida megabaytlar limitini oshirgan edi. Keyin esa u to‘rtinchi avlod uyali aloqa standartidagi internet foydalanuvchilari uchun har oyda 4 gigabaytgacha bonuslar bera boshlagan.

O‘QING: Siz sevgan operatorlarning 20 mingdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan tariflari bilan tanishing!

Beeline o‘zining Telegram-kanali orqali yana bitta noyob va manfaatli taklifini e’lon qildi. Ya’ni, mazkur aloqa operatori o‘z abonentlariga haqiqiy cheksiz 4G-internetni taqdim etmoqda.

Xabarga ko‘ra, «4G UNLIM kun» va «4G UNLIM oy» nomli ikkita yangi internet-to‘plam joriy etilgan.

*110*55# kodini terib, atigi 10 000 so‘m evaziga kunlik 4G UNLIM to‘plamidan foydalanish mumkin.

*110*56# kodi orqali esa bor-yo‘g‘i 50 000 so‘m evaziga oylik 4G UNLIM to‘plamini qo‘lga kiritsa bo‘ladi.

Mazkur aksiya oldindan to‘lov tizimidagi abonentlar uchun amal qiladi, «ProInternet», «Bolajon» va «Shifokor» tarif rejalari bundan mustasno.

Aksiya haqida batafsil ma’lumotni www.beeline.uz saytidan olish mumkin.

O‘QING: Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!