Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

  •   DiMaX
  •  4364
  •  25.08.2020 17:48

Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Smartfonlarning barmoq izi skaneri odatda «Uyga» tugmachasida, korpusning orqa paneli yoki yon qirrasida bo‘lar edi. Yaqinlardan beri mazkur sensorni displeyga integratsiya qila boshlashgan.

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Gionee kompaniyasi esa daktiloskopning joylashuvi bo‘yicha eng original smartfonni taqdim qildi. Gionee K3 Pro rusumli mazkur qurilmaga qarab, uning barmoq izi datchigi qayerda ekanini darrov payqay olmaysiz:

Mazkur telefonning ekrani diagonaliga 6,53 dyuymlik bo‘lib, tasvir aniqligi 720x1600 pikselga teng. Displeyning tomchisimon kemtigiga esa 13 megapiksellik old kamera o‘rnatilgan.

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Gionee K3 Pro bosh kamerasidagi asosiy sensor 16 megapiksellik, unga qo‘shimcha yana ikkita datchik va to‘rtta modulning o‘rtasiga fotochaqnoq o‘rnatilgan. Eng qizig‘i shundaki, bir qarashda kvadrokamera bo‘lib ko‘ringan kamera blogidagi to‘rtinchi sensor – ayni o‘sha daktiloskop bo‘ladi!

Kompaniya mazkur modelini MediaTek Helio P60 protsessori hamda 6/8 gigabaytlik tezkor, 128 gigabaytlik ichki xotira bilan ta’minlagan. Gionee K3 Pro akkumulyatori ham chakki emas – 4000 mA/soatlik, lekin operatsion tizimi eskiroq – Android 9 Pie. Shunga yarasha, uning narxi ham 100 dollardan boshlanadi va dizaynini hisobga olganda, bu yaxshi taklif.

Darvoqe, istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shish usuli bor, bilasizmi?

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: 8/256 GB xotirali smartfon – atigi 153 dollarga!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!