Atigi 12 yevrolik Energizer E12 chiqdi – multimediali dual-SIM telefon!

  •   DiMaX
  •  733
  •  21.06.2019 11:59

Atigi 12 yevrolik Energizer E12 chiqdi – multimediali dual-SIM telefon!

MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida Avenir Telecom kompaniyasiga qarashli Energizer brendi naq 26 ta modelda yangi smartfonlar namoyish etgandi. Ular orasida quvvati naq oltita iPhone XS Max bilan teng PowerMax P18K Pro (yoki Power Max P18K Pop) ham bor, lekin...

O‘QING: Dunyodagi eng chidamli smartfon hech kimga keraksiz bo‘lib chiqdi!

Kompaniya endi ixcham va xalqona tugmachali telefon ishlab chiqardi va uni Energizer E12 deb nomladi. Sababi – mazkur gadjet atigi 12 yevro turadi!

Arzon bo‘lsa-da, bu telefon ikkita SIM-karta uchun alohida, yana 16 GBgacha MicroSD xotira kartasi uchun alohida uyachaga ega.

Ushbu telefonning old va orqa tomonlarida bittadan VGA-kameralar ham bor. Korpusining yuqori qirrasida esa LED-fonarik joylashgan. Energizer E12 faqat ikkinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ishlay oladi.

O‘QING: Ikkita SIM-karta smartfon quvvatini tez tugatadimi?

Energizer E12 vazni atigi 91 gramm keladi, uning 1000 mA/soatlik akkumulyatori esa tinimsiz 8 soat musiqa tinglashga yoki kutish rejimida bir hafta ishlashga yetadi.

Umuman olganda, Energizer E12 modeli multimedia imkoniyatlariga boy: MP3 formatini o‘qiydi va musiqani boshqarish uchun ekran ostida alohida tugmachalari mavjud. Shuningdek, telefonda FM-radio hamda uni yoqish uchun alohida tugmacha ham ko‘zda tutilgan.

Ushbu devaysning O‘zbekiston bozorlariga yetib kelishi qiyin, ammo bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda atigi 239 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli telefonlarni xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Atigi 19 dollarlik, lekin naq to‘rtta SIM-kartali telefon sotuvga chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!