Atigi 140 dollarga 5G-smartfon olasizmi?

  •   DiMaX
  •  2355
  •  28.11.2019 16:47

Atigi 140 dollarga 5G-smartfon olasizmi?

Bundan bir necha kun avval Huawei korporatsiyasiga qarashli subbrend o‘zining Honor V30 hamda V30 Pro rusumli flagman smartfonlarini namoyish etgandi. Bulardan birinchisi beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi eng arzon telefonlardan hisoblanadi.

O‘QING: Honor V30 Pro flagmani taqdimotdan avval AnTuTu’da hayratga soldi!

Lekin kompaniya bu bilan ham to‘xtab qolmoqchi emas – Honor o‘rta narxli va hatto hamyonbop turkumlarda ham 5G-smartfonlar tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Chjao Min (Zhao Ming) kuni kecha xitoylik jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi.

Honor imkon qadar ko‘proq foydalanuvchilarni beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘iga jalb etmoqchi. Bu maqsadda u 280, 210 va hatto 140 dollarlik 5G-smartfonlar tayyorlaydi. Shulardan birinchisi bozorga kelasi yildayoq chiqariladi, deydi Chjao Min.

O‘QING: To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

Aytib o‘tish kerakki, 26 noyabrda rasman taqdim etilgan Honor V30 smartfoniga 470 dollar narx belgilangan. Taqqoslash uchun: Huawei Mate 30 Pro flagmanining 5G-versiyasi o‘z vatanida ikki baravar qimmat – 980 dollardan sotilmoqda.

Agarda 5G-smartfonlar chindan 140 yoki 210, hatto 280 dollarlik narxda bo‘lsa, O‘zbekistonda ham ularning bozori chaqqon bo‘lardi. Hozircha esa global savdoga chiqarilgan aksariyat Huawei smartfonlarini 1 045 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: "Apple, chetga o‘t!": Huawei yangi flagman taqdim etdi (+fotogalereya)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!