Atigi 142 dollarga 40 dyuymlik televizor chiqdi!

  •   DiMaX
  •  3557
  •  02.11.2019 13:02

Atigi 142 dollarga 40 dyuymlik televizor chiqdi!

Redmi deganda ko‘pchilikning esiga birinchi navbatda arzon smartfonlar keladi. Lekin ushbu brend kir yuvish mashinasi, poverbank, quloqchin hamda noutbuk singari boshqa tur mahsulotlar ham namoyish qilgan.

O‘QING: Taqdimotlar to‘lqini: Xiaomi birdaniga naq 20 ta mahsulot namoyish etdi!

Xiaomi mutlaq rekord o‘rnatdi – misli ko‘rilmagan raqamlar!

Xiaomi korporatsiyasining ushbu arzonchi subbrendi shu yil yozning oxirida o‘zining ilk televizori 70 dyuymlik Redmi TV modelini taqdim etgandi. Uning narxi 530 dollarlik edi, kompaniya endi ushbu televizorning ixcham va o‘ta arzon talqinini namoyish qildi.

Yangi – 40 dyuymlik Redmi TV narxi hattoki arzon smartfonlarnikidan ham past – atigi 142 dollarga teng! Shunga yarasha, uning texnik xususiyatlari borasida ham mo‘’jiza kutmaslik kerak. Uning ekranida Full HD matritsa qo‘llangan, audiotizimining quvvati ham 16 vattlik.

Ushbu mahsulotning «elektron yuragi» – to‘rtta Cortex-A53 yadrosi hamda Mali-450 MP2 grafik tezlatgichini o‘zida jamlagan Amlogic protsessoridir. Redmi TV televizori 1 gigabaytlik tezkor va 8 gigabaytlik ichki xotiraga ega. Unga PatchWall grafik qobig‘i ostidagi Android TV operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 1 155 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli televizorlarni sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!