Atigi 150 dollarlik 5G-smartfon – Redmi 20X surati, xususiyat va ranglari rasmiy posterda!

  •   DiMaX
  •  2531
  •  05.04.2021 17:40

Atigi 150 dollarlik 5G-smartfon – Redmi 20X surati, xususiyat va ranglari rasmiy posterda!

Redmi 10X hamda Redmi 10X Pro bultur yozdan beri Antutu benchmarkining o‘rta narxli smartfonlar reytinglarida dastlabki ikki o‘rinni qo‘ldan bermay kelayotir. Xiaomi kompaniyasi esa ushbu rekordchilarning davomchisini ham allaqachon tayyorlab ulgurgan.

O‘QING: Aprelda ham Redmi'dan yangi smartfon kutavering

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida bugun Redmi 20X smartfonining birinchi posteri tarqaldi. Suratiga ko‘ra, bu qurilma ekran tirqishiga o‘rnatilgan selfi-kameraga hamda LED-chaqnoqli uchtalik bosh kameraga ega. Yozuvga qaraganda, undagi asosiy optik sensor 48 megapiksellik aniqlikka ega.

Redmi ushbu mahsulotini kamida uch xil – yashil, ko‘k va kumushrang korpuslarda taklif etadi. Orqa paneliga «5G» yozuvi tushirilgani smartfonning displeyi 90 gerslik chastotada kadr yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Tizerdagi yozuvlarga ko‘ra, Redmi 20X modelining tezkor/doimiy xotirasi tegishlicha 4/128 gigabaytlik versiyasi o‘z yurtida 999 yuan narxida sotiladi. Bu esa taxminan 150 AQSh dollariga teng qiymatdir. Ya’ni, u Xitoy bozoridagi eng arzon 5G-smartfonlardan biri bo‘ladi.

Redmi 20X texnik jihatlari va dizayniga e’tibor bersak, u global bozorga yaqinda taqdim etilgan Redmi Note 10 5G modelining Xitoy uchun qayta nomlangan versiyasi bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: Eski flagman yaxshimi yoki yangi o‘rta toifadagi smartfon?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!