Atigi 150 dollarlik Redmi Note 10 bilan Redmi Note 10 Pro’ning asosiy farqi nimada?

  •   DiMaX
  •  11094
  •  10.09.2020 18:15

Atigi 150 dollarlik Redmi Note 10 bilan Redmi Note 10 Pro’ning asosiy farqi nimada?

«Xitoycha Apple» odatda oldin chiqqan Xiaomi yoki Redmi brendiga mansub biror smartfonning klonini Poco brendi ostida qayta taqdim etar edi. Lekin kuni kecha namoyish qilingan POCO X3 NFC modeli unaqa emas, balki butkul yap-yangi qurilma bo‘ldi. Bundan tashqari...

O‘QING: Poco M2 ham taqdim etildi – brendning eng arzon smartfoni!

Lekin xursand bo‘lishga hali erta ekan: Xiaomi ayni shu smartfonini endi o‘z yurtida Redmi Note 10 modeli sifatida taqdim etmoqchi. POCO X3 NFC uchun Hindistonda 199 yevrodan boshlanuvchi narx belgilangan bo‘lsa, Xitoyda uning klonini atigi 150 dollardan boshlanadigan narxlarda sotishmoqchi!

Xiaomi bundan tashqari yana Redmi Note 10 Pro modelini ham tayyorlab ulgurgan va unda MediaTek kompaniyasining ishlanmasi bo‘lgan 5G-protsessor qo‘llayapti. Turli xabarlarga ko‘ra, bu Dimensity 820, Dimensity 720 yoki yap-yangi Dimensity 800U chipseti bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, Redmi Note 10 Pro arzon emas, balki o‘rta narx toifasiga mansub smartfon sifatida maydonga tushadi.

Redmi Note 10 ham, uning Pro-versiyasi ham yaxshi kamera, sig‘imdor akkumulyator va diagonaliga 6,67 dyuymlik ekranga ega bo‘lishini aytishmoqda. Ularda kadr yangilanish chastotasi 120 gersga teng bo‘lsa, sensor qatlami 240 gerslik chastotada yangilana oladi. Ikkalovining orasidagi asosiy farq – Redmi Note 10 Pro modeli beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llaydi, standart fablet esa oddiy 4G-smartfon bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, biz avvalroq Redmi Note 10 modelining TENAA’ga chiqqan suratlari va xususiyatlarini e’lon qilgan edik. Keyin esa shu qurilma AI benchmark servisida qo‘lga tushgan. Umuman, kompaniya mazkur turkumda kamida uchta smartfon namoyish etadi va biz ularning ayrim «jonli» rasmlarini ham chiqarganmiz.

O‘QING: Yana bir o‘ta arzon smartfon – Redmi 9i taqdimot kuni, narxi va xususiyatlari rasman e’lon qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!