Atigi 198 dollarga Intel protsessorli mini-kompyuter chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1398
  •  26.06.2020 14:41

Atigi 198 dollarga Intel protsessorli mini-kompyuter chiqdi!

YouPin kraudfanding maydonchasida Xiaomi kompaniyasi yangi mahsulotini taqdim etdi. Bu – Ningmei CR100 rusumli arzon desktop kompyuterdir.

O‘QING: 5G-modemli «cho‘ntakbop» o‘yin noutbuki chiqdi! (+videolar)

Ningmei CR100 modeli arzonligidan tashqari, yetarlicha interfeyslar to‘plamiga, o‘ziga xos sovitish tizimiga va ixcham korpusga joylangan akustikaga ham ega.

Kompyuterning «elektron» yuragi – Intel Celeron J4105 protsessori bo‘lib, u 2,5 GGs takt chastotasida ishlovchi to‘rtta yadroni hamda Intel UHD 600 grafik tezlatgichini o‘zida jamlagan. Uning «operativka»si – 8 gigabaytlik DDR4 chiplari bo‘lsa, ichki xotira sifatida 256 gigabaytlik SSD saqlagichi qo‘llangan. Agar bu hajmdagi xotira kamlik qilsa, kompyuterning korpusida yana SD-karta uchun slot ham mavjud.

Ushbu gadjetning korpusi ancha ixcham – o‘lchamlari 192x188x54 millimetrga teng, vazni esa 460 gramm keldi. Shunday bo‘lsa-da, unda bir qator interfeys portlari o‘rin olgan: bir juft USB 3.0 Type-A, bitta USB Type-C, analogli D-Sub (VGA) hamda raqamli HDMI, shuningdek quloqchin va mikrofon tirqishlari ham bor. Xiaomi uni ikki kanalli audiotizim hamda smarli sovitish tizimi bilan ta’minlagan.

O‘QING: Eng kuchli kompyuter xaridida endi 1000 dollardan 4000 dollargacha tejash mumkin!

YouPin kraudfanding platformasida Ningmei CR100 mini-kompyuteriga oldindan buyurtma berish uchun 198 dollar yetarli!

Eslatib o‘tamiz, boshqa kompaniyalar ham o‘ta ixcham va antiqa kompyuterlar namoyish etishgan. Masalan, biz Q-Stick – 8 GB «operativka»li kompyuter-brelok haqida, shuningdek, eng mitti – 1x1 millimetrlik IBM nano-kompyuteri to‘g‘risida ham xabarlar e’lon qilganmiz. Yana dunyodagi eng mitti o‘yin noutbuki, eng mitti mini-kompyuter, eng mitti noutbuk-planshet kabilar haqida ma’lumotlar berganmiz. Hattoki tashrif qog‘oziga vizitkaga joylangan kompyuter ham chiqqan va juda arzon – 2,88 dollarga baholangan! Atigi 188 dollarlik Odyssey X86J4105800 mini-kompyuteri esa Windows, Linux va Arduino bilan ishlay oladi!

Darvoqe, «Oxirzamon kompyuteri» hamda «Oxirzamon operatsion tizimi» haqidagi ma’lumotlardan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Intel protsessorli bu monoblok kompyuterni atigi 99 dollarga olish mumkin! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!