Atigi 2 dollarga LEAGOO T5c smartfonini band qiling! (+video)

  •   DiMaX
  •  2199
  •  18.11.2017 12:11

Atigi 2 dollarga LEAGOO T5c smartfonini band qiling! (+video)

LEAGOO kompaniyasi T5c rusumli yangi smartfon ishlab chiqarayotgani o‘tgan haftada ma’lum bo‘ldi. Ayni damda esa ushbu modeldan atigi 1,99 dollarga band qilib qo‘yib, yutib olish mumkin, deb yozadi AndroidInsider nashri.

O‘QING: Leagoo S8 — 8 yadroli eng arzon romsiz smartfon

Ma’lumotlarga ko‘ra, LEAGOO T5c modeliga Spreadtrum kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan SC9853i protsessori o‘rnatiladi. Mazkur kompaniya asosan hamyonbop va o‘rta narx toifasidagi qurilmalar uchun butlovchi qismlar yetkazib beradi. T5c modeli esa, SC9853i chipi bazasidagi ilk smartfon bo‘layotir. 14 nanometrlik Intel platformasiga asoslangan mazkur chip yuqori samaradorligi va quvvatni tejashi bilan ajralib turadi.

Spreadtrum rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, SC9853i – sakkiz yadroli, 1,8 GGs takt chastotasida ishlovchi chipsetdir. AnTuTu sintetik testida u MT6750 chipiga nisbatan 39% yuqori natija ko‘rsatgan.

 

LEAGOO T5c smartfonining asosiy kamerasi 13+2 megapikselli qo‘shaloq SAMSUNG modullaridan tashkil topgan. Uning SHARP tomonidan tayyorlangan, diagonali 5,5 dyuymlik IPS-displeyi esa FHD sifatiga ega. Devaysning tezkor xotirasi hajmi 3 gigabaytga, doimiy xotirasi hajmi esa 32 gigabaytga teng. Uning 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatori tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Barmoq izi skaneri foydalanishda qulay bo‘lishi uchun korpusning old paneliga joylangan.

Mana, quyidagi videolavhada o‘zingiz tomosha qiling-da:

O‘rta narxdagi LEAGOO T5c o‘zining samaradorligi va xususiyatlari bilan taxminiy 129,99 dollarlik narxini to‘la oqlaydi. Bu model tez orada ommaviy ishlab chiqarishga tez orada joriy etilib, 5 dekabrdanoq savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Hozir esa sizda LEAGOO T5c smartfonini bor-yo‘g‘i 1,99 dollar evaziga oldindan band qilish imkoni mavjud. Buning uchun mana bu havola orqali gadjetni band qilish sahifasiga o‘tishingiz lozim. Joriy yilning 3 dekabrigacha band qilib ulgurgan xohlovchilar orasida qur’a tashlash yo‘li bilan bittasi aniqlanib, unga shu smartfon bepul taqdim etiladi. Agarda yutib olmaganingiz taqdirda ham, 129,99 dollarga qo‘shaloq kamerali smartfon xarid qilib, achinmaysiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!