Atigi 289 dollarlik 5G-smartfon iyundayoq chiqadi va keyin u 145 dollargacha arzonlashadi!

  •   DiMaX
  •  1763
  •  31.05.2019 14:29

Atigi 289 dollarlik 5G-smartfon iyundayoq chiqadi va keyin u 145 dollargacha arzonlashadi!

China Mobile kompaniyasi Xitoydagi telekommunikatsiya xizmatlarining asosiy taqdim etuvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, u o‘zining smartfonlarini ham chiqaradi va ular zamonaviy funksiyalarni hamyonbop narxda taklif etishi bilan ajralib turadi.

O‘QING: «Yomon havo». 5G bizni 80-yillarga qaytarib tashlaydi(mi?)

Xabarlarga qaraganda, China Mobile keng xalq ommasi uchun eng arzon 5G-smartfonni tayyorlamoqda. O‘ziyam uning taqdimoti yaqin – keyingi oydayoq bo‘lib o‘tadi!

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi smartfonlarning o‘rtacha narxi hozirda 1000 dollar atrofida. China Mobile vitse-prezidenti Szyan Sin (Jian Qin) esa, mazkur kompaniya 5G-smartfonni atigi 280 dollarga taklif etishini aytdi. Bugina emas – bora-bora ularning narxi 145 dollargacha tushiriladi, degan u.

5G texnologiyalarining ommalashuvini osonlashtirish maqsadida, China Mobile ko‘p o‘lchamli billing modelini o‘rganib chiqayotir. Bunda abonentlar SIM-kartani yoki telefon raqamini almashtirmasdan turib 5G tarmog‘iga o‘tib ketaverishlari mumkin bo‘ladi, deydi Szyan Sin.

O‘QING: Niderlandiyada yuzdan ortiq qushning o‘limiga sabab bo‘lgan 5G sinovini UzMobile O‘zbekistonda ham o‘tkazdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!