Atigi 30 dollarlik Lenovo Ego – himoyalangan va quvvati kamida 20 kunga yetuvchi smart-soat!

  •   DiMaX
  •  1090
  •  11.05.2019 16:47

Atigi 30 dollarlik Lenovo Ego – himoyalangan va quvvati kamida 20 kunga yetuvchi smart-soat!

Xitoylik kompaniya Hindistonda o‘tkazgan tadbirida Lenovo Ego rusumli yangi «aqlli» soatini namoyish etdi. Monoxrom ekranli ushbu aksessuarning asosiy jihati – uzoq muddatli avtonomligidir.

O‘QING: LG Watch W7 – bitta quvvat bilan 100 kungacha ishlovchi gibrid smart-soat!

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Lenovo Ego bitta to‘la quvvat bilan kamida 20 kun ishlay oladi. Odatiy sana va vaqtni ko‘rsatishdan tashqari, mazkur devays yurak urishini hisoblash, uyqu fazalarini kuzatish funksiyalariga ham ega. Shuningdek, u egasining har qanday faolligini qayd etib boradi – sarflangan kaloriyalardan tortib suzish masofasigacha.

Lenovo Ego smartfon bilan bog‘lanish uchun Bluetooth 4.0 interfeysini qo‘llaydi va iOS hamda Android tizimli mobil qurilmalar bilan kelishib ishlay oladi. Bunda telefonga qo‘ng‘iroqlar, SMS-xabarlar va bildirishnomalar kelganida soat titraydi va tegishli belgichani ekranga chiqaradi.

O‘QING: Ckyrin S10 – quvvati 4 kunga yetuvchi, 5 metr suv tubida ishlovchi, 3G-modem va kameraga ega «aqlli» soat

Yangi «aqlli» soatning monoxrom displeyi 1.6 dyuymlik o‘lchamga ega bo‘lib, hech qachon o‘chmaydi. Zarbalar va tushib ketishlardan himoyalanishdan tashqari, Lenovo Ego suv tubiga ham 50 metrgacha tusha oladi. Korpusining o‘lchami 55x48x15.8 millimetrni, vazni esa 43 grammni tashkil etadi.

Lenovo Ego hozircha Hindistonda savdoga qo‘yilgan; uning joriy yilda Yevropa mamlakatlari va AQSh bozoriga ham chiqarilishi va 30 AQSh dollariga teng narxda sotilishi aytilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizdan esa 199 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli fitnes-bilaguzuklar va smart-soatlar sotib olish mumkin.

O‘QING: Nihoyat, Honor Watch Magic smart-soati rasman namoyish etildi