Atigi 32 dollarlik bu tugmachali 4G-telefon Wi-Fi ham tarqata oladi!

  •   DiMaX
  •  1622
  •  17.06.2021 14:26

Atigi 32 dollarlik bu tugmachali 4G-telefon Wi-Fi ham tarqata oladi!

Garchi hozir smartfonlar zamoni bo‘lsa-da, tugmachali telefonlar ham yashashda va hatto rivojlanishda davom etmoqda. Masalan, HMD Global kompaniyasi quvvati 27 kunga yetuvchi, WhatsApp, Facebook, YouTube va Google Assistant kabilar o‘zida mavjud bo‘lgan Nokia 6300 4G modelini sotuvga chiqargan.

O‘QING: Tugmachali telefonlar bozori: Nokia ikkinchi o‘rinda, unda yetakchi kim?

Xaridorlarni brend bilan emas, balki mahsulotlarining ko‘p funksiyaliligi bilan jalb etayotgan kompaniyalardan biri itel Mobile bo‘ladi. Mazkur ishlab chiqaruvchi yangi – Itel Magic 2 4G telefonini e’lon qildi.

Gizmochina nashrining yozishicha, Itel Magic 2 4G modeli diagonaliga 2,4 dyuymlik QVGA-displey hamda 1,3 megapiksellik kamera bilan jihozlangan. Oddiy tugmachali telefonlarga xos bo‘lgan barcha asosiy funksiyalar unda mavjud

O‘QING: Eng antiqa – bittayam klavishi bo‘lmagan tugmachali telefon 19 dollardan sotilyapti!

Bulardan tashqari, Itel Magic 2 4G telefoni to‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi (nomidan ma’lum). Lekin asosiysi – u mobil internetni Wi-Fi tarmog‘i orqali tarqatishga, ya’ni router vazifasini o‘tashga ham qodir!

Hindistonda ushbu ilg‘or telefonni 32 AQSh dollariga teng narxda sotib olish mumkin.

O‘QING: Uyingizda Wi-Fi tezligi pastmi? Ekspertlar aybdorlarni topishdi!